Namangan viloyati quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi boşqarmasi Namangan şahri Davlatobod tumanida yuqori kuçlanişli elektr energiyasi tarmoği ostida servis va xizmat körsatiş şoxobçalari quriliş holati böyiça rasmiy munosabat bildirdi. Boşqarma öz munosabatida göyoki barçasi qonuniy amalga oşirilayotganini ta’kidlagan.


“2021 yil 3 avgustda Vazirlar Mahkamasining “Köçma savdo faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini yanada keng joriy etiş hamda savdo avtomati orqali çakana savdo faoliyatini tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilingan. Mazkur qarorning 1-ilovasiga asosan “Köçma savdoni amalga oşiriş tartibi töğrisida”gi Nizom tasdiqlangan.
Uşbu Nizomda quyidagi asosiy tuşunçalar qöllanadi:
vakolatli organ — Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi;
köçma savdo joyi — köçma savdo obektining “K-SAVDO” AATda röyxatdan ötişda körsatilgan hududiy joylaşgan joyi;
köçma savdo obektlari — 100 kvadrat metr maydondan köp bölmagan, vaqtinçalik asosda joylaştirilgan va (yoki) mavsumiy xususiyatga ega bölgan, şuningdek, istalgan vaqtda boşqa joyga oson köçiriş va yiğiş mumkin bölgan köçma savdo obektlari (lotoklar, palatkalar, savdo aravalari, peştaxtalar, avtodökonlar, avtotirkamalar, avtosisternalar, fudtraklar, tonarlar, savdo avtomatlari, mobil konteynerlar, yengil konstruksiyalar, şu kabi va şunga öxşaş boşqa köçma savdo obektlari), deb belgilangan.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlaş, şuningdek, tumanda xizmat körsatiş sohasini yaxşilaş orqali yangi iş örinlari yaratiş, mahalliy aholiga daromad keltiriş va hududning umumiy infratuzilmasini yaxşilaş maqsadida Davlatobod tumani “Umid” MFY Kamolot köçasi hududidan jami 52 ta lotdan iborat bölgan umumiy maydoni 997 kvadrat metr yer uçastkalari “K-SAVDO” avtomatlaştirilgan axborot tizimi orqali vakolatli taşkilotlar bilan tegişli tartibda joylaşuv örni kelişilgan.
Uşbu yer uçastkalari auksion savdolari orqali tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan belgilangan tartibda sotib olingan”, deyiladi boşqarma munosabatida.
Qöşimça qilinişiça, mazkur köçma savdo obektlari joylaşuv örni Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 dekabrdagi “Elektr tarmoği xöjaligi obektlarini muhofaza qiliş qoidalarini tasdiqlaş töğrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan muhofaza hududidan taşqarida joylaşgan. Şuningdek, ğolib tadbirkorlar tomonidan loyiha asosida köçma savdo obektlari taşkil etiş işlari amalga oşirilayotgani ma’lum qilingan.
Ammo Namangan viloyati quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi boşqarmasi Kun.uz suriştiruvidagi asosiy nuqta – loyihalar işga tuşgaç u yerda, ya’ni yuqori kuçlanişli elektr energiyasi tarmoği ostida töplanadigan insonlar xavfsizligi qanday ta’minlanişiga izoh bermagan.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 dekabrdagi tegişli qarori bilan tasdiqlangan Elektr tarmoği xöjaligi obektlarini muhofaza qiliş qoidalariga köra, yuqori kuçlanişli elektr energiyasi tarmoği muhofaza zonasida quriliş işlarini amalga oşiriş taqiqlangan.
Xususan, elektr uzatiş havo liniyalarining muhofaza zonasida bolalar va sport maydonçalarini, stadionlarni, bozorlarni, savdo şoxobçalarini, dala şiyponlarini, mollar uçun qöralarni, har qanday turdagi maşina va mexanizmlar uçun garajlar va turar joylarni joylaştiriş, örnatilgan tartibda ruxsat etilgan işlarni bajariş bilan boğliq bölmagan köplab odamlar yiğilişi bilan boğliq bölgan har qanday tadbirlarni ötkaziş mumkin emas.
Hududdan ötgan elektr tarmoği 110 kV kuçlanişga ega. Qoidalarga köra, 110 kV kuçlanişga ega elektr tarmoğining muhofaza zonasi 20 metr hisoblanadi. Ammo boşqarma taqdim qilgan suratlarda körinişiça, quriliş işlari boşlangan hududda elektr tarmoğidan bunça masofa yöq. Qolaversa, elektr tarmoği ostiga piyodalar yölakçasi qurib qöyilganini köriş mumkin. Bu esa inson hayoti uçun xavfli hisoblanadi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ korxonasi hozirça holat yuzasidan munosabat bildirgani yöq.











