Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonun o‘z kuchini yo‘qotadi. Uning o‘rniga yangisi qabul qilindi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti 13 mart kuni “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi
Foto: KUN.UZ
Qonunning avvalgi tahriridan jiddiy farq qiluvchi jihatlaridan biri O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublik masalasidir. Unga ko‘ra:
- 1992 yil 28 iyul holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashagan, chet davlat fuqarosi bo‘lmagan va O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lish istagini bildirgan shaxs;
- O‘zbekiston hududida yashagan va 1992 yil 28 iyulga qadar o‘qish uchun O‘zbekistondan tashqariga chiqib ketgan hamda uzluksiz ravishda ta'lim olgan yoxud harbiy xizmatni o‘tagan va o‘qish yoki harbiy xizmat tugaganidan keyin bir yil ichida O‘zbekistonga qaytib kelgan hamda O‘zbekiston Respublikasida doimiy propiskadan o‘tgan shaxs, basharti uning chet davlat fuqaroligi mavjud bo‘lmasa O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi.
Shuningdek, qonunda fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublnkasining fuqaroligini tan olishga doir qoidalar belgilangan.
Jumladan, 1995 yil 1 yanvarga kadar O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgan va doimiy propiskadan o‘tgan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan hamda ushbu Qonun kuchga kirguniga kadar fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi asosida yashab turgan shaxs istak bildirgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.
Bundan tashqari, ota-onasi (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari deb tan olingan bola ham yuqoridagi asoslarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.
Qonun (6, 45-moddalari va 55-moddasi birinchi qismidan tashqari) rasmiy e'lon qilingandan kundan e'tiboran olti oy o‘tgach kuchga kiradi.
Mavzuga oid
09:19 / 08.04.2026
Qo‘riqlash departamenti vakolatlari kengaymoqda
19:12 / 05.04.2026
Ariq va irrigatsiya tizimlarini ko‘mib tashlaganlar jarimaga tortiladi
23:08 / 04.04.2026
Hayvonlarni shafqatsiz munosabatdan himoya qilish bo‘yicha alohida qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda
15:56 / 25.03.2026