Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘riqlash departamenti vakolatlari kengaymoqda
Senat yalpi majlisida qo‘riqlash faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qonun ma’qullandi. Unga ko‘ra, ayrim huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish vakolati Qo‘riqlash departamenti xodimlariga beriladi.
Foto: IIV
Senatning navbatdagi yalpi majlisida “Qo‘riqlash faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi va ma’qullandi.

Ta’kidlanishicha, mazkur hujjat jamoat xavfsizligini ta’minlash, fuqarolar va tashkilotlarning mol-mulkini himoya qilish hamda qo‘riqlash faoliyati sohasidagi davlat siyosatini zamonaviy talablarga mos ravishda takomillashtirishga qaratilgan.
Qonunga muvofiq, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda bir qator sohaviy qonunlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Xususan, jamoat joylarida tamaki mahsulotini iste’mol qilish, noqonuniy ov qilish, daraxtlarni kesish va boshqa ekologik qoidabuzarliklarni ko‘rib chiqish vakolati Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamentining mas’ul xodimlariga beriladi.
Shuningdek, qo‘riqlashning texnik vositalarini loyihalashtirish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ruxsatnoma berish vakolatini Ichki ishlar vazirligiga o‘tkazish, tadbirkorlik sub’yektlari uchun esa xabardor qilish tartibini joriy etish nazarda tutilgan.

Muhokamada senatorlar ushbu Qonun jamoat xavfsizligini mustahkamlash, aholi tinchligi va “Inson qadri – oliy qadriyat” tamoyilini amalda ta’minlashga xizmat qilishini ta’kidladi.
Shuningdek, qonun bilan xavfsizlikni ta’minlashda jazolashdan ko‘ra profilaktikaga ustuvor ahamiyat berilishi qayd etildi.


Mavzuga oid
19:12 / 05.04.2026
Ariq va irrigatsiya tizimlarini ko‘mib tashlaganlar jarimaga tortiladi
23:08 / 04.04.2026
Hayvonlarni shafqatsiz munosabatdan himoya qilish bo‘yicha alohida qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda
15:56 / 25.03.2026
Qirg‘izistonda yo‘lda janjallashganlardan haydovchilik guvohnomasi olib qo‘yilishi mumkin
12:21 / 18.03.2026