Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy ta’limda kontrakt to‘lash muddati 31 yanvarga qadar uzaytirildi
O‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizini shu muddatgacha to‘lashi mumkin.
Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2025/2026 o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati 31 yanvarga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi. Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi xabar bermoqda.
Bunda:
- qabul parametri doirasida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdorida;
- tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super) asosida o‘qish istagini bildirganlar ular uchun belgilangan bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirishi lozim.
Amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin, deya eslatdi vazirlik.
Mavzuga oid
08:51 / 07.03.2026
Ayrim talaba-qizlarning kontrakt puli davlat tomonidan qoplab beriladi
22:01 / 25.02.2026
Yigit-qizlar qarshisidagi muammolar yoxud yoshlar siyosati nega muhim?
19:25 / 24.02.2026
Prezident rektorlarni ogohlantirdi
09:05 / 22.02.2026