Özbekiston va AQŞ prezidentlarining 5 oy içidagi 4-uçraşuvi: Ğazo sektorida özbek mavzesi quriladi. Elektromobil egalariga subsidiya: boylarning energiya sarfi yana budjetga yuklanyapti. Oliy ta’limda forma bahslari: şov-şuv kötargan talaba populizmda ayblandi. “200 mln dollarlik” suriştiruv: OKMK tenderlaridagi ğoliblar özaro boğliqligi iddao qilindi.

Ortda qolayotgan haftaning Özbekiston hayotiga ayrim xabarlari – Kun.uz dayjestida.

“Dress-kod bölsa kirarmişmiz, bölmasa yöq”

Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi formasiz, keçga qolib kelmagani sabab darsga qöyilmagani – bu hafta tarmoqlarda eng köp aylangan mavzulardan biri böldi. Magistratura 1-bosqiçida öqiyotgan Akmaljon Yöldoşevning intervyusi oliy ta’limdagi forma masalasini yana muhokama markaziga olib çiqdi.

“Galstuging qani? Galstuging bölmasa, bor ketaver. Bu – içki tartib-qoida, hamma narsadan ustun” deyişyapti. Dress-kod bölsa kirarmişmiz, bölmasa yöq. Kursdoşlarim bilan bir nimaga umid qilib, haliyam ketmay turibmiz”, deydi talaba.

Universitetda dekan lavozimida işlovçi Oişa Zokirova Facebook'ka joylab, keyinroq öçirib yuborgan postida oq köylak va galstukni “akademik madaniyat, poklik, intizom va hurmat ramzi” deb ta’rifladi. Uning aytişiça, videoda köringan talabalarning hammasi formasiz kelgani uçun emas, keç qolib kelgani uçun kiritilmagan.

“Özi öqiyotgan universitetni mana şunday ommaga olib çiqiş, oddiy elementar söralgan narsa uçun uning şa’niga doğ tuşiriş – tuzini yeb, tuzluğiga tupiriş bilan barobar, şuni unutmang, hurmatli talabalar!!!” – dedi dekan.

Rektor Şerzodxon Qudratxöja ham öz izohida talabalar keç qolgani uçun kiritilmaganini aytdi va Akmaljon Yöldoşevni şuhratparastlikda aybladi:

“Keça bir holat böldi: bir-ikkita talabalarimiz populizm qilib, özlarini qahramon yasaşdi. [...] Videolari bor bu bola neçida kelganining. Bizda birinçi qönğiroq bölişiga 1 daqiqa qolganda... Tasavvur qiling, ustoz dars ötyapti-da, eşik taqillayveradi, ustoz yarim soat faqat eşik oçiş bilan ovora böladi”.

Oliy ta’lim vazirligi esa forma masalasida doimgi pozitsiyasini takrorladi: oliygohlar dress-kod joriy etişga haqli, talabalar esa özlari öqiyotgan dargohning içki tartib-qoidalariga rioya qilişi kerak.

2000 sömlik tokning 1700 sömi budjetdan böladimi?

Gazlaşmagan hududlar aholisi uçun elektr energiyasi tölovidan yengillik beriş masalasi 2 yildan beri hal bölmayotgan bir paytda, nisbatan öziga töq qatlam – elektromobil egalari uçun katta imtiyozlar töplami e’lon qilindi. Duşanba kuni tasdiqlangan 2026 yilgi davlat dasturiga asosan, 1 maydan boşlab elektromobil quvvatlaş stansiyalarida narx qança bölişidan qat’i nazar, haydovçi 1 kWh tok uçun öz yonidan 300 söm tölaydi, undan ortgani – davlat budjetidan qoplab beriladi.

Hozirda quvvatlaş stansiyalarida 1 kWh uçun tarif 1500–2200 söm oraliğida ekanini inobatga olsak, elektromobil egalarining 80-86 foizgaça “yoqilği” xarajatlari soliq tölovçilarning zimmasiga tuşadi. Bu holatda, quvvatlaş stansiyalari özaro kelişgan holda narx oşirişining oldini oliş çoralariga ham zarurat tuğiladi, bu esa yana bir sektorda davlatning narx ustidan nazorati paydo bölişiga olib kelişi mumkin.

Yangi subsidiya – ekologik barqarorlikni ta’minlaş maqsadi bilan izohlanayotgan bölsa-da, ötgan yili 4 barobargaça oşirilgan utilizatsiya yiğimi saqlanib qolayotgani – aytilayotgan maqsadning qançalik xolisligi haqidagi savollarni yuzaga keltiradi. Bu örinda, elektromobil egalarining uyiga alohida hisoblagiç örnatiş yoki tungi soatlar uçun pasaytirilgan tariflar joriy etiş kabi rejalarning yillardan beri qoğozda qolib ketayotganini ham eslab ötişga töğri keladi.

Agar haqiqatan ham elektromobil egalarining quvvatlaş stansiyalaridagi xarajatlari 86 foizgaça qoplab berilsa, bu – budjet uçun trillionlab sömlik yangi yuklamani anglatadi. 2026 yilgi davlat budjetida esa, bu xarajat közda tutilmagan. Boz ustiga, oxirgi yillarda energetik subsidiyalar aynan budjet yukini yengillaştiriş maqsadida kamaytirib borilayotgan edi. Gaz-svet narxlari nega oşirildi, tabaqalaşgan tariflar nega kiritildi, degan savollarga rasmiylar: “Ijtimoiy adolat bölişi uçun, köp gaz-svet yoqadigan boylarning xarajatini davlat qoplab bermasligi kerak” deya javob berişgandi.

Davlat dasturida elektromobil sotib oliş uçun 16 foizgaça stavkada avtokredit ajratiş va uni “adolatli” taqsimlaş vazifasi ham belgilangan. Hozirda avtokredit stavkalari örtaça 22 foiz ekanini inobatga olsak, sezilarli darajada arzon qarzga talabgorlar ham köp böladi. Bu jarayonda adolatli taqsimot mezonlari va korrupsiyaning oldini oliş çoralari qanaqa bölişidan qat’i nazar, bu – davlatning iqtisodiyotdagi iştirokini oşiruvçi navbatdagi mexanizmga aylanib, boşqa qarz oluvçilar uçun qarz narxini qimmatlaştiradi.

Ma’lumot uçun, şu hafta tasdiqlangan boşqa bir dasturga asosan, 2026 yilda birorta ham bankni xususiylaştiriş reja qilinmayapti. 2030 yilga borib, davlatga tegişli banklar sonini hozirgi 9 tadan 4 tagaça kamaytiriş közda tutilgan.

Budjet hisobidan sayohat

Samarqandda ta’lim sohasidagi taniş-bilişçilik mojarosidan keyin, viloyat darajasidagi amaldor işdan olindi. Gap Samarqand viloyati maktab ta’limi boşqarmasi boşliği Muzaffar Hamdamov haqida ketyapti. U davlat hisobidan moliyalaştirilgan sayohat – Sankt-Peterburgdagi bitiruvçilar bayramiga öz öğli va jiyanini yuborgan edi.

Avval xabar qilinganidek, “Alvon yelkanlar” bayramiga a’loçi, olimpiadalarda örin olgan öquvçilar borişi kerak bölgan, lekin yakunda Peterburg sayohati ta’lim sohasi mas’ullarining qarindoşlariga nasib qilgan. Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligiga köra, nepotizm javobgarlaridan kamida 28 mln söm mablağ budjetga qaytarilgan.

Boşqarma boşliği işdan olingan bölsa, uning örinbosari va boşqarmada işlovçi yana 4 xodimga intizomiy çora köriş böyiça vazirlikka taklif kiritilgan. Bundan ma’lum böladiki, bayramga özi 8 ta öquvçi borgan bölsa, şundan kamida 7 nafari ta’lim sohasi mas’ullarining qarindoşlari bölgan.

OKMK hamkorlarining nimasi şubhali?

Xorijiy manbalarda Özbekistondagi davlat xaridlari bilan boğliq katta suriştiruv e’lon qilindi. Xalqaro suriştiruvçi jurnalistlarning Uyuşgan jinoyatçilik va korrupsiya haqida xabar beriş loyihasi (OCCRP) aniqlagan dalillarga köra, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 200 mln dollardan ortiq qiymatdagi tenderlarini bitta şaxsga aloqador kompaniyalar yutib olgan bölişi mumkin.

Gap – OKMK tomonidan oxirgi 3 yilda 10 ta xorijiy kompaniya bilan tenderlar asosida tuzilgan şartnomalar haqida ketyapti. Suriştiruv xulosasiga köra, bu tenderlarni yutib olgan kompaniyalar dunyoning uçta burçagida: Britaniya, Gurjiston va Singapurda joylaşgan bölsa ham, ularning barçasi Özbekiston stol tennisi federatsiyasi sobiq vitse-prezidenti Grigoriy Xvan bilan boğlangan bölişi ehtimoli bor.

Jurnalistlarning aniqlaşiça, Britaniyadagi ikkita kompaniya rasman “faoliyat körsatmayotgan” maqomda bölsa ham, OKMKdan önlab million dollarlik şartnomalarni olavergan. Suriştiruv ketayotganidan xabar topişgaç, ikkala kompaniyaning ham korporativ hujjatlariga qator özgarişlar kiritilgan, bu özgarişlarda Grigoriy Xvanning ham ismi körsatilgan. Uşbu kompaniyalarning buxgalteriyasi bilan şuğullangan firma öndan ortiq şartnomalarda buxgalteriya vakiliga tegişli imzo haqiqiy emasligini ma’lum qilgan. Jurnalistlar bilan suhbatdan keyin, buxgalteriya firmasining sobiq xodimi imzolarning haqiqiy emasligi masalasida Britaniyaning tegişli idoralariga xabar bergan.

OKMKning Gruziyada joylaşgan hamkorlarida esa vaziyat bundan ham qiziq. Suriştiruvga köra, Rahat Nauruzbekov ismli Qozoğiston fuqarosi 2018-2022 yillarda Gruziyadagi bir neçta firmalarning egasiga aylangan, 2025 yil fevral oyida bu firmalarni Polina Ostanova ismli şaxsga sotgan. Ostanova undan jami 5 ta kompaniyani bir kunning özida, 350 dollarga xarid qilgan. Qiziq joyi şundaki, 350 dollarga sotilgan kompaniyalardan ikkitasining OKMK bilan allaqaçon 66 mln dollarlik şartnomalari bölgan. Ya’ni, yirik mijoz bilan işlayotgan va öşa mijozdan 66 mln dollarlik buyurtmalarni allaqaçon olib bölgan firmalar atigi 350 dollarga sotilgan.

Xaridor Polina Ostanova Janubiy Koreya fuqarosi bölib, Özbekiston bilan ham aloqalarga ega. Ostanovaning Instagram sahifasini örgangan jurnalistlar u Grigoriy Xvan va Britaniyadagi ikkita firmaning amaldagi boşliğiga begona emasligini körsatuvçi dalillarni aniqlagan.

Singapurdagi kompaniyalarga kelsak, u yerdagi uçta kompaniya ortidan olib borilgan suriştiruv jurnalistlarni Nyu-Yorkka olib borgan: köçmas mulk hujjatlariga köra, 2024 yilda Colcot nomli kompaniya Manhettenda 4,4 mln dollarlik kvartira sotib olgan bölib, bitimga Grigoriy Xvanning öğli Aleksey imzo çekkan. OKMKdan buyurtmalar olgan Singapurdagi 3 ta kompaniyaning advokati jurnalistlar bilan suhbatda boğliqlikni rad etib, uning vakilligidagi kompaniyalar Colcot'ga ham, Xvanga ham heç qanaqa aloqasi yöqligini ma’lum qilgan.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining çorşanba kungi bayonotida aytilişiça, suriştiruvda tilga olingan kompaniyalar tenderlarda eng arzon narxni taklif qilgani uçun inson omilisiz, avtomatik ravişda ğolib deb topilgan. Tender iştirokçilarida affillanganlik holatlari esa aniqlanmagan, ular tomonidan tovarlar töliq hajmda, şartnomada belgilangan sifat körsatkiçlarida va eng asosiysi – kontraktda körsatilgan muddatda kombinat omborlariga yetkazib berilgan, deyiladi OKMK bayonotida.

Tramp – Mirziyoyevga: “Mamlakatingizda işlar zör ketyapti”

Prezident Şavkat Mirziyoyev 5 oy içida 3-marta AQŞga borib, şu vaqt mobaynida 4-marotaba hamkasbi Donald Tramp bilan uçraşdi. Amerika poytaxtiga bu galgi taşrifning boisi – Tramp taşabbusi bilan tuzilgan “Tinçlik kengaşi”ning ilk sammiti böldi. Sammit boşlanişida mezbon prezident mehmonlarni taniştirarkan, Özbekiston yetakçisini “mening döstim” deb atadi.

“Mamlakatingizda işlar zör ketyapti, siz zör boşqaryapsiz. Muammolar yöq. Har safar u bilan körişganimizda, munosabatlarimiz yaxşi ketayotgan böladi, muammolar bölmaydi”, – dedi AQŞ prezidenti.

Şavkat Mirziyoyev sammitdagi nutqida Ğazoning uruşdan keyingi taqdiri masalasida Özbekistonning pozitsiyasini bayon qilib, sektorni qayta tiklaşda qatnaşişga tayyorligini bildirdi:

“Ğazoning har qanday taşqi boşqaruv mexanizmi sektor aholisining sözsiz içki qöllab-quvvatlaşiga tayanişi lozim. [...] Özbekiston uşbu hududda turar joylar, bolalar boğçalari, maktab va kasalxonalar barpo etişga imkon qadar hissa qöşişga tayyor”.

Sammitdan oldingi kuni prezident AQŞ savdo vaziri, AQŞ Eksimbanki va Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi rahbarlari bilan uçraşdi, özbek va amerika kompaniyalari örtasida qator tijoriy kelişuvlar imzolandi. Eng yirik loyihalardan birini Gulf kompaniyasi ilgari surmoqda. Kompaniya vitse-prezidenti Kreyg Kramerning aytişiça, Özbekiston böylab kamida 100 ta benzin şoxobçalari tarmoğini yaratiş uçun 150 mln dollar investitsiya kiritişga qaror qilingan. Loyiha 2 yil içida amalga oşiriladi va AYoQŞlar amerikaça standartlar asosida işlaydi, ularda yuqori sifatli yoqilği sotiladi.

Gulf kompaniyasi Özbekistonda yoqilği mahsulotlarining ulgurji savdosini ham yölga qöymoqçi. Kompaniyaning Gulf Aviation nomli aviatsiya qanoti samolyotlar uçun aviayoqilği yetkazib beriş xizmatini yölga qöyiş maqsadida taxminan 50 mln dollar yönaltiradi, dedi Kreyg Kramer.

Bu hafta yana nimalar röy berdi?

Özbekistonda avtobanlar taşkil etiş vazifasi davlat dasturiga kiritildi. Bu haqda avvalroq davlat rahbari parlamentga murojaatida aytib ötgandi. Dasturga köra, Andijondan to Qönğirotgaça, Toşkentdan to Termizgaça, Samarqanddan Şahrisabzgaça, Olotdan Sariosiyogaça bölgan 4 ming kilometrlik magistral yöllar kelgusi 5 yil içida rekonstruksiya qilinib, xalqaro talablarga mos avtobanlarga aylantiriladi. Toşkent–Samarqand pulli yölini quriş dekabr oyida boşlanişi, xorijiy hamkor 15 martgaça aniqlanişi közda tutilgan.

Pedofiliya uçun umrbod qamoq jazosi kiritilişi kutilmoqda. Bu vazifa ham 2026 yilgi davlat dasturiga kiritilgan. 14 yoşga tölmagan bolalarga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyatlar uçun umrbod ozodlikdan mahrum etişgaça bölgan jazo çoralarini belgilaş, voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etilgan jinsiy va zöravonlikka oid jinoyatlarni tergov qilişni prokuratura organlari vakolatiga ötkaziş közda tutilyapti. Ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zöravonlik bilan boğliq işlarni faqat maxsus tayyorgarlik ötgan tergovçilar va sudyalar körib çiqişi belgilanadi.

Toşkent viloyatida boğça bolalarining ommaviy zaharlanişiga oid jinoyat işi sudga oşirildi. Kun.uz manbasiga köra, tergov organi 11 kişiga nisbatan ayblov e’lon qilgan. Ulardan 10 nafari qamoqda, bir kişi esa uy qamoğiga olingan. Ötgan yili 24-27 sentabr kunlari röy bergan ommaviy zaharlanişda Toşkent viloyatining 5 ta tumani va 2 ta şahrida 1922 nafar bola jabrlangan. Tergov harakatlari davomida ana şu 1922 nafar bolaning qonuniy vakillari söroq qilinib, jabrlanuvçi va fuqaroviy da’vogar deb e’tirof etilgan. Zaharlaniş aynan qaysi firmaning qaysi mahsulotidan kelib çiqqani hali oçiqlanmayapti.

Birinçi özbek kosmonavti umumxalq tanlovi asosida aniqlanadi. Bu haqda “Özbekkosmos” agentligi direktori örinbosari Muhiddin Ibrohimov ma’lum qildi. “Kosmonavtlikka talab yuqori böladi: soğliq, fiziologiya, ilmiy, xorijiy til biliş nuqtai nazaridan. Umumxalq tanlovi qilmoqçimiz. Bölajak kosmonavt hozir öqiyotgan bölişi yoki işlayotgan bölişi mumkin. Kim bölişidan qat’i nazar, kosmonavt böliş juda katta baxt”, dedi u. Ibrohimov tanlovning şartlari va muddatiga aniqlik kiritmadi. Prezident huzuridagi taqdimotda aytilişiça, Mirzo Uluğbek nomli ilmiy sun’iy yöldoşni uçiriş 2028 yilga reja qilingan.

Muallif – Komron Çegaboyev
Boşlovçi – Bobur Akmalov
Tasvir ustasi – Şohruz Abdurayimov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova