Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Imom Al-Buxoriy nomidagi xalqaro tadqiqot markazi loyihasi bilan tanishdi
8 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandda quriladigan Imom Al-Buxoriy nomidagi xalqaro tadqiqot markazi loyihasi bilan tanishdi. Islom olamining buyuk olimi, faylasufi Imom Al-Buxoriy jahon madaniyati va ma'naviyatiga ulkan hissa qo‘shgan. Olim tomonidan to‘plangan hadislar eng ishonchlilari hisoblanadi.
Shavkat Mirziyoyev buyuk olimning xotirasini abadiylashtirish va u qoldirgan merosni munosib ravishda o‘rganish uchun sharoitlar yaratish tashabbusini 2016 yil oktabrda Islom hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasida bildirgandi. Mart oyida bu taklif hujjatlar bilan mustahkamlandi: Shavkat Mirziyoyev olim nomidagi xalqaro tadqiqot markazini tashkillashtirish haqidagi qarorni imzoladi. Nisbatan ko‘p vaqt o‘tganiga qaramasdan, muzey, kutubxona, ilmiy majmuani o‘z ichiga oluvchi markaz loyihasi tayyor bo‘ldi va ma'qullandi.
Ma'lum qilinishicha, markaz 2 ming kv metr maydonda barpo etiladi. Markazda 200 kishilik anjumanlar zali, ma'ruzalar zallari, noyob va zamonaviy adabiyotlar saqlanadigan kutubxona, olimlar uchun xonalar barpo etiladi. Markaz yonida shu markazda ko‘p yillar davomida ishlaydigan olimlar uchun 2 ta turar joy binosi quriladi.
Markazning o‘zi milliy uslubda, fasadlarni bezashda oq rangdagi tosh, Samarqand uslubidagi keramik mayolikalar qo‘llangan holda bunyod etiladi.
Mavzuga oid
17:23 / 17.01.2026
Farg‘onada 3-, Samarqandda esa 4-sinf o‘quvchisi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
21:43 / 12.01.2026
Samarqand shahri kengaytiriladi va Samarqand tumani tugatiladi
10:01 / 07.01.2026
Samarqandda shifokorlar bemor qornidan 200 gramm mix chiqarib oldi
11:10 / 30.12.2025