16:51 / 17.01.2019
12436

Qurilish vazirligi: 2019 yilda 2010 ta uy ehtiyojmand ayollarga beriladi

2019 yilda 2010 ta uy ijtimoiy ahvoli og‘ir, oilasida nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar, ehtiyojmand, zaifa ayollarga beriladi. Kun.uz muxbiri Xalqaro Press-klub sessiyasi doirasida Qurilish vaziri o‘rinbosari Erkin Iskandarov taqdim etgan ma'lumotlarga asoslanib, shu haqida xabar berdi. 

Erkin Iskandarov 
Foto: Xalqaro press-klub

Iskandarovning so‘zlariga ko‘ra, bunda to‘lovning 25 foizini Xotin-qizlar qo‘mitasi kiritadi, 75 foizi Markaziy bankning imtiyozli krediti asosida 20 yil davomida to‘lab boriladi. 

Ehtiyojmand ayollar ro‘yxati Xotin-qizlar qo‘mitasi, mahalliy hokimliklar hamda mutasaddi rahbarlarning tavsiyalariga ko‘ra shakllantiriladi. 

Ta'kidlanishicha, 2018 yilda 1576 nafar ehtiyojmand ayol imtiyozli uy-joy bilan ta'minlangan. 2017 yilda 1237 ta uy shunday toifadagi ayollarga berilgan.

Mavzuga oid
Top