Loyihaga köra, respublikada har yili 140 mingdan kam bölmagan xonadonli uy-joylar barpo etiş rejalaştirilmoqda. Uşbu maqsad aholi uçun uy-joy taklifini kengaytiriş, quriliş hajmlarini oşiriş va bozorda barqarorlikni ta’minlaşga qaratilgani qayd etilgan.
Şuningdek, loyihada 300 mingdan köp aholiga ega şahar va tumanlar sonini 28 taga yetkaziş, urbanizatsiya darajasini 51 foizdan 60 foizga çiqariş çoralarini köriş ham nazarda tutilgan. “Yangi Özbekiston” massivlari sonini 100 taga yetkaziş va 447 ta aholi yaşaş punktlarining boş rejalarini işlab çiqiş ham rejalar qatorida keltirilgan.
Quriliş sohasida sifat va standartlar masalasiga ham e’tibor qaratilgan: xalqaro standartlar (ISO, Eurocode, ASTM va boşqalar) bilan muvofiqlaştirilgan 90 tadan ortiq standartlarni qabul qiliş, energiya tejovçi va “yaşil standart”ga mos turar-joylar uluşini 40 foizga yetkaziş belgilangan. Köp qavatli uy-joy qurilişida muddatdan keçikiş holatlarini 100 foizga bartaraf etiş hamda mustaqil xususiy inspeksiya kompaniyalari iştirokida sifat nazorati va montaj işlarini qabul qiliş uluşini kamida 50 foizga oşiriş vazifalari ham qayd etilgan.
Loyihadagi körsatkiçlar uy-joy qurilişi hajmini keskin oşiriş, şaharsozlik rejalaştirişini kengaytiriş va quriliş sifatini xalqaro hamda “yaşil” standartlar asosida kuçaytirişga qaratilgan.












