Prezidentga taqdim etilgan ma’lumotlarga köra, bugungi kunda mamlakatda 44 mingdan ziyod köp kvartirali uyda 7,1 million nafar aholi istiqomat qiladi. Uy-joy fondiga 900 dan ortiq boşqaruv servis kompaniyalari va 200 dan ortiq şirkatlar xizmat körsatadi, 856 ta uyda esa özini-özi boşqariş tizimi joriy etilgan.
Boşqaruvçi taşkilotlar uçun minimal moliyaviy va taşkiliy talablar ham belgilanmoqda. Jumladan, öz mablaği, moddiy-texnik baza va 24/7 dispetçerlik xizmati mavjud bölişi şart qilinadi. Qöşimça daromad manbalari sifatida maişiy xizmat markazlarini taşkil etiş, yengil konstruksiyali qurilmalarni barpo etiş va ulardan uzoq muddatli foydalaniş imkoniyatlarini yaratiş közda tutilgan.
Majburiy badallar, şuningdek, boşqaruvçi taşkilotlarning xizmatlardan tuşadigan barça qöşimça daromadlari faqat “Mening uyim” billing tizimi orqali hisobga olinişi belgilanmoqda. Uşbu tartibga rioya etmasdan badallar hisobini yuritiş buxgalteriya hisobi va hisobot talablarini buziş hisoblanadi.
Şu bilan birga, umumiy mol-mulkni ijaraga yoki tekin foydalanişga beriş böyiça şartnomalar soliq organlarida majburiy tarzda hisobga qöyiladi. Belgilangan tartib buzilsa, boşqaruvçi taşkilot elektron reyestrdan çiqarib taşlanişi nazarda tutilgan. “Mening uyim” axborot tizimi orqali esa umumiy yiğilişni taşabbus qiliş, muhokama ötkaziş, qaror qabul qiliş, şartnoma tuziş, hisobot taqdim etiş hamda murojaatlarni yuboriş va körib çiqiş imkoniyatlari töliq yölga qöyiladi.
Takliflarga köra, har çorak yakuni böyiça “Mening uyim” tizimiga hisobot ma’lumotlari kiritilmasa, keyingi oylar uçun majburiy badallarni hisoblaş ma’lumotlar kiritilgunga qadar vaqtinça töxtatiladi va orqaga qayta hisob-kitob qilinmaydi. Şuningdek, köp kvartirali uylarning texnik holati, yer uçastkalari, energiya va suv iste’moli böyiça ma’lumotlarni öz içiga olgan “Turar-joy” milliy axborot tizimi bosqiçma-bosqiç işga tuşirilişi aytildi.
Uylarni foydalanişga qabul qiliş böyiça tartib ham kuçaytiriladi: kadastr pasporti rasmiylaştirilib, u “Turar-joy” tizimida avtomatik aks etişi, örnatilgan quyoş panellari esa umumiy mol-mulk sifatida boşqariş organiga topşirilişi şart etib belgilanmoqda. Mazkur talablar bajarilmagan taqdirda, uy foydalanişga qabul qilinmaydi.













