Jahon | 10:00 / 23.01.2018
7019
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonda masjidlar endi daromadlari haqida hisobot beradi

Foto: metaltraveller.com

Tojikistondagi barcha diniy muassasalar bundan keyin o‘z mulki va daromad manbalari haqida hisobot berishga majbur bo‘ladi. Mamlakatning “Din erkinligi va Tojikiston Respublikasi diniy birlashmalari to‘g‘risida”gi qonuni 19-moddasiga tuzatish 22 yanvardan kuchga kirdi.

Unga ko‘ra, “diniy birlashmalar, shuningdek, masjidlar, cherkovlar va sinagogalar daromad manbalari, mulki, pul mablag‘lari va mulkdan foydalanishi, shuningdek, xodimlar ish haqi va to‘langan soliqlar haqida ma'lumot berishga majbur”.

Tojikistonda masjidlar, cherkovlar va mamlakatdagi yagona sinagoga dindorlarning ko‘ngilli ravishda taqdim etuvchi xayr-ehsonlari hisobidan faoliyat yuritadi. Masjidlar imom-xatiblari diniy marosimlarda ishtirok etganliklari uchun kichik miqdorda pul mukofotini oladi.

Biroq 2014 yildan beri jome masjidlari imom-xatiblari xuddi davlat xizmatchilari singari oylik ish haqi oladi. Tojikiston Ulamolar kengashi raisi muftiy Saidmukarram Abduqodirzodaning maoshi 220 dollardan ortiqni tashkil etadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid