Jamiyat | 19:09 / 05.12.2016
50009
1 daqiqa o‘qiladi

Xotira abadiy: Prezident saylovlarida Islom Karimovga ovoz berishdi

Ma'lumki O‘zbekistonda 4 dekabr kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Bugun, 5 dekabr kuni uning natijasi e'lon qilindi va unga ko‘ra Shavkat Mirziyoyev saylovda g‘olib bo‘lganligi oydinlashdi.

O‘quvchilarimiz tomonidan yuborilgan surat bir qarashda o‘yindek tuyulgan bo‘lsa-da, ammo o‘ta ta'sirli. Suratda aks etgan saylov byulletinida O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov nomi ruchkada yozib qo‘yilgan va ism-sharif yonida katak chizilib, unga + belgisi qo‘yilgan.
So‘zlarning lotin alifbosida yozilganidan buni birorta yosh saylovchi chin ko‘ngildan yozganligini anglash mumkin.

 

Mavzuga oid