O‘zbekiston | 20:57 / 03.01.2026
2157
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Pokiston huquqni muhofaza qilish sohasida hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokiston ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Muhammad Xurram Og‘a bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tomonlar O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida shartnomaviy-huquqiy bazani takomillashtirish, xalqaro terrorizm, uyushgan jinoyatchilik, kiberjinoyatchilik va giyohvand moddalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo ishchi uchrashuvlarini tashkil etish bo‘yicha fikr almashdi.

Jamoat tadbirlari va turistik obektlarda xavfsizlikni ta’minlash hamda kiberxavfsizlik va raqamli kriminalistika sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida turistlar oqimini oshirish, sayyohlarga qulayliklar yaratish, xususan, viza tartiblarini soddalashtirish, “E-Visa” tizimini joriy etish istiqbollari xususida fikr almashildi.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid