Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Navoiy" logistika markazi ikki karra ko‘p reyslarga xizmat ko‘rsatadi
Foto: uzairways.com
"Navoiy" aeroporti bazasidagi xalqaro logistika markazi yaqin kunlarda qabul qilinayotgan yuk reyslari sonini kamida ikki barobar oshiradi. Bu haqida bugun 12 oktabr kuni O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari Ulug‘bek Ro‘ziqulov XII Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasi ochilishida ma'lum qildi.
"O‘zbekiston xorijlik hamkorlariga tovarlarni tashish uchun qulay mexanizmni tashkil qila oladi. Mamlakatning qulay joylashuvi ham "Navoiy" aeroporti bazasida yangi xalqaro intermodal markaz yaratilishini yana bir bor tasdiqlaydi. U yerda har haftada 21 yuk reysi qabul qilinadi. Biz yaqin vaqt ichida uning hajmini kamida ikki barobarga oshirishni rejalashtiryapmiz", - dedi Ro‘ziqulov.
"Navoiy" aeroporti bazasida xalqaro logistika markazini yaratish haqidagi bitim 2008 yilda "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi hamda Koreyaning Korean Air kompaniyasi tomonidan tuzilgan. Tomonlar 2014 yilda bitim shartlarini yana 5 yilga uzaytirishgan.
Bugungi kunda "Navoiy" aeroporti Yevroosiyoning asosiy logistika markazlari, jumladan Inchon, Milan, Bryussel, Istanbul, Dubay, Dehli, Tyanzin va boshqalar bilan hamkorlik qiladi.
Mavzuga oid
12:56 / 21.10.2025
Koreyada Farg‘ona viloyati savdo-logistika markazi ochildi
17:34 / 30.09.2023
“Tozalanadigan” O‘TY, portlagan logistika markazi va RFning benzinga taqiqi - “Iqtisodiy taymlayn”
22:40 / 15.12.2017
Shavkat Mirziyoyev Xo‘jayli tumanidagi Agrosanoat logistika markazida bo‘ldi
19:10 / 07.12.2017