Markazning oçiliş marosimida amaliy taşrif bilan Koreya Respublikasida bölib turgan Farğona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov hamda Özbekistonning Koreyadagi favqulodda va muxtor elçisi Alişer Abdusalomov iştirok etdi.

Logistika markazi farğonalik yoş tadbirkorlar — Abduvohid Qodirov, Javohir Valiyev va Muhammadsaid Xöjayev taşabbusi hamda 6 million dollarlik sarmoya hisobiga barpo etildi.
Özbekistonning Koreyadagi favqulodda va muxtor elçisi Alişer Abdusalomov sözga çiqib, Koreta kompaniyasi Özbekiston mahsulotlarini jahon bozoriga çiqarişda muhim örin tutayotganini qayd etdi. Elçixona tomonidan vatandoşlar biznes taşabbuslariga amaliy kömak va qöllab-quvvatlaş doimiy ravişda körsatilayotgani ta’kidlandi.


Marosim doirasida Koreta Co., LTD kompaniyasi faoliyati böyiça taqdimot ötkazildi. Kompaniya 10 yildan ortiq vaqtdan beri oziq-ovqat va töqimaçilik mahsulotlarini Koreya böylab yetkazib beriş bilan şuğullanadi. Hozirda 1000 dan ziyod mijozlar bazasi mavjud bölib, kompaniya Koreya harbiy tizimi bilan ham mahsulot yetkazib beriş böyiça şartnoma tuzgan. Assortiment 1100 dan ziyod turdagi mahsulotlarni öz içiga oladi.
Mahsulotlar qisman Özbekistondan, şuningdek, Rossiya, Gruziya, Bolgariya, Italiya, Polşa va Niderlandiya kabi 17 dan ortiq davlatdan keltiriladi. Kompaniyaning Polşada ofislari, Qozoğistonda sut mahsulotlari zavodi hamda Özbekistonda töqimaçilik fabrikalari faoliyat yuritmoqda.















