O‘zbekiston | 10:06 / 21.06.2021
23162
2 daqiqa o‘qiladi
Koronavirus: Kunlik holatlar yuqoriligicha qolmoqda, shifoxonalarga yotqizilgan bemorlar soni 3,6 mingga yaqin
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda so‘nggi bir kunda 400dan ortiq yangi kasallanish holatlari aniqlanib, 500ga yaqin bemor tuzalgani haqida ma'lumot berdi.
«2021 yil 20 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 106452 (+427) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 12 nafari Andijon viloyatida,
- 20 nafari Buxoro viloyatida,
- 12 nafari Jizzax viloyatida,
- 11 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 2 nafari Navoiy viloyatida,
- 10 nafari Namangan viloyatida,
- 36 nafari Samarqand viloyatida,
- 7 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 40 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 33 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 14 nafari Xorazm viloyatida,
- 61 nafari Toshkent viloyatida,
- 163 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Buxoro viloyatida 6 nafar,
- Jizzax viloyatida 10 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 6 nafar,
- Navoiy viloyatida 3 nafar,
- Namangan viloyatida 11 nafar,
- Samarqand viloyatida 71 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 67 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 8 nafar,
- Toshkent viloyatida 55 nafar,
- Toshkent shahrida 234 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 102163 (+471) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3571 nafar bemor davolanmoqda.
Mavzuga oid
11:40 / 13.12.2022
O‘zbekistonda kunlik koronavirus statistikasi sezilarli pasaydi
10:54 / 07.12.2022
Toshkent shahrida bir kunda 100 dan ortiq kishida koronavirus aniqlandi
10:10 / 04.12.2022
Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik holatlar soni fevraldagi darajaga qaytdi
11:15 / 02.12.2022