Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Turkiya harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi

O‘zbekiston hamda Turkiya o‘rtasida harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida bitim imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.
Turkiya mudofaa vaziri, general Xulusi Akar boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi doirasida Mudofaa vazirligida qabul uyushtirilib, muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar davomida mudofaa vaziri, general-mayor Bahodir Qurbonov va Xulusi Akar O‘zbekiston hamda Turkiya davlatlarini bir-biri bilan chambarchas bog‘lab turuvchi jihatlarga alohida to‘xtalib o‘tishdi. Dini, tili, tarixiy urf-odatlari bir bu ikki xalqning do‘stona munosabatlari bundan keyin ham yanada mustahkamlanib borishiga ishonch bildirishdi.

Muzokara davomida mudofaa vazirlari davlat rahbarlarining O‘zbekistonga va Turkiyaga amaliy tashriflari davomida erishilgan natijalarga, shuningdek harbiy sohada ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati, istiqboliga ham alohida e'tibor qaratishdi.
Muzokaralardan so‘ng ikki davlat Mudofaa vazirligi rahbarlari hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi bitimni imzoladilar.
Mavzuga oid
08:28 / 24.04.2026
Reyting: dunyodagi eng yirik 15 ta mudofaa budjeti
15:44 / 19.03.2026
Ukraina va Ispaniya mudofaa sohasida yangi kelishuvlar imzoladi
18:43 / 03.03.2026
Shavkat Mirziyoyev huzurida mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
17:36 / 02.03.2026