Zelenskiy şunday dedi: “Ukraina va Ispaniya örtasida, şuningdek xususiy sektorimiz va kompaniyalarimiz örtasida yangi mudofaa kelişuvlari bor. Iqtisodiy va infratuzilmaviy hamkorlikda harakat bor. Temiryöl böyiça kelişuvga erişdik. Bu muhim qarorlar. Şuningdek, mamlakatlarimiz örtasida humanitar va diplomatik hamkorlik ham davom etmoqda”.
Muzokaralarda Ukraina havo mudofaasini kuçaytiriş masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Zelenskiy Ispaniya mudofaa sanoati bilan birgalikda qurol işlab çiqarişga qiziqiş bildirdi. Uning aytişiça, Ispaniya Ukrainaga öq-dorilar, radarlar va harbiy texnika yetkazib beriş imkoniyatiga ega. Ukraina esa öz navbatida, uruş davomida töplagan tajribasi — ayniqsa dronlardan foydalaniş böyiça bilimlar bilan bölişişga tayyor.
Zelenskiy şunday ta’kidladi: “Havo mudofaasini kuçaytiriş, HHM tizimlari va raketalar bilan ta’minlaş — bu zarurat. Bu doimiy iş. Ispaniya osmonimizni himoya qilişda katta yordam berdi. Turli loyihalarni ham muhokama qildik. Mamlakatlarimiz örtasida qöşma işlab çiqarişga juda işonaman. Ukraina uruş davomida orttirgan bilimlarini, ayniqsa dronlar böyiça tajribasini taqdim etişga tayyor. Ispaniya mudofaa sanoati esa zarur öq-dori, radar va texnika yetkazib bera oladi. Jamoalarimiz bu borada allaqaçon batafsil iş olib bormoqda”.
Şu bilan birga, Zelenskiy Vengriya tomonidan tösib qöyilgan Yevropa Ittifoqining 90 milliard yevro miqdoridagi krediti Ukraina uçun qançalik muhim ekanini ta’kidladi.
“Biz a’zo davlatlar va YeI bu masalani hal qiliş yölini topişiga juda umid qilamiz”, dedi u.
Vengriya boş vaziri Viktor Orban — YeIda Vladimir Putinning yaqin ittifoqçilaridan biri sifatida mazkur kredit ajratilişini tösib turibdi. Bunga sabablardan biri sifatida mamlakatga Rossiya nefti yetkazib beriladigan quvurning şikastlanişi keltirilgan. Kiyev esa “Drujba” neft quvuri yanvar oyida Rossiya zarbalari natijasida şikastlanganini bildirgan. Seşanba kuni Yevropa Ittifoqi ta’mirlaş işlarida iştirok etiş uçun mutaxassislar yuborişga tayyorligini bildirgan.
Zelenskiy, avvalroq Budapeşt pozitsiyasini “şantaj” deb atagan holda, Madridda kredit keçiktirilişi “adolatsiz” ekanini ta’kidladi. Uning fikriça, bu masalani hal qiliş uçun “yetarliça kuçli dalillar topiladi”.
Rossiya hujumi boşlanganidan buyon, Yevropa Ittifoqida iqtisodiyot hajmi böyiça törtinçi örinda turuvçi Ispaniya Ukrainaga izçil yordam körsatib kelmoqda. Savdo böyiça davlat kotibi Amparo Lopes Senovilya yaqinda umumiy yordam hajmi 17 milliard yevroni taşkil etganini ma’lum qildi. Bu körsatkiç böyiça mamlakat Yevropa donorlari orasida örta örinlarda turadi.












