O‘zbekiston | 15:10 / 31.10.2025
4185
1 daqiqa o‘qiladi

Sadir Japarov O‘zbekistonni YuNeSKO konferensiyasi bilan tabrikladi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov YuNeSKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi Samarqandda boshlangani munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘lladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Japarov bu sammit 40 yil ichida birinchi marta YuNeSKO bosh qarorgohidan tashqarida, Markaziy Osiyoda ilk bor o‘tkazilishini tarixiy voqea deb atadi.

Qirg‘iziston prezidentiga ko‘ra, tadbirning ilm-fan beshigi bo‘lgan qadimiy Samarqandda o‘tkazilishi O‘zbekistonning sivilizatsiyalar o‘rtasidagi ko‘prik sifatidagi rolini urg‘ulaydi.

Said Japarov konferensiya qarorlari ta’lim, fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlik uchun yangi ufqlar ochishiga, mintaqa ravnaqiga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Mavzuga oid