Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rahmon: chegara kelishuvlari Markaziy Osiyoda ishonch va barqarorlikni kuchaytirdi
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon yillik murojaatnomasida Tojikiston–Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegara masalasi bo‘yicha to‘liq kelishuv hamda O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Tojikiston uch davlat chegaralari tutash nuqtasi haqidagi shartnoma mintaqada ishonch va barqarorlikni kuchaytirishga xizmat qilganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur hujjatlar Markaziy Osiyo rivoji va o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirish uchun mustahkam huquqiy asos yaratadi.
Prezidentning qayd etishicha, 2025 yil Tojikiston uchun muhim siyosiy voqealarga boy bo‘lgan. Xususan, bahorda parlament va mahalliy kengashlarga saylovlar o‘tkazilgani yilning asosiy voqealaridan biri sifatida tilga olingan.
Murojaatnomada aytilishicha, ikki mamlakat o‘rtasida bir asrdan ziyod vaqt davomida bahs mavzusi bo‘lib kelgan chegara masalalarini hal etish “tarixiy voqea” sifatida baholangan.
2025 yil 13 mart kuni Qirg‘iziston va Tojikiston rahbarlari 970 km umumiy chegarani rasmiy demarkatsiya qilish bo‘yicha kelishuvni imzolagan; kelishuv, shuningdek, 2022 yildagi mojarolardan so‘ng to‘xtatilgan transport qatnovlarini tiklash masalalarini ham qamrab olgani xabar qilingan.
Imomali Rahmon, shuningdek, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston rahbarlari 2025 yil 31 mart kuni Xo‘jand shahrida uch davlat chegaralari tutash nuqtasi bo‘yicha shartnoma imzolagani va Xo‘jand deklaratsiyasi (“abadiy do‘stlik”) qabul qilinganini eslatib o‘tdi.
Tojikiston OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Xo‘janddagi uch tomonlama uchrashuv yakunlangach, shartnomani imzolash marosimi o‘tkazilgan, rahbarlar esa bu voqeani mintaqa uchun muhim va tarixiy qadam deb atagan.
Shartnoma Xo‘jand shahrida 31 mart 2025 yilda tuzilgan, uning kuchga kirishi esa ratifikatsiya hujjatlari almashilganidan keyin ta’minlanishi qayd etilgan, shuningdek, “do‘stlik ramzi” sifatida tutash nuqtada stela o‘rnatilgan.
Murojaatnoma doirasida prezident chegara kelishuvlari mintaqadagi ishonch muhitini mustahkamlashi, hamkorlik uchun huquqiy asosni kengaytirishi va Markaziy Osiyoda o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirishga xizmat qilishini ta’kidlagan.
Mavzuga oid
14:40
Odinsovodagi qotillik. Hozirgacha nimalar ma’lum?
13:07 / 17.12.2025
Toshkentda parlamentlararo hamkorlik bo‘yicha qo‘shma deklaratsiya qabul qilindi
20:41 / 15.12.2025
Tojikiston O‘zbekistondan elektr energiya olishni boshladi
19:17 / 14.12.2025