Özbekiston Respublikasi Prezidenti «Davlat aktivlarini boşqariş, monopoliyaga qarşi kuraşişni tartibga soliş tizimini va kapital bozorini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmonni imzoladi.

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi, Özbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi, Özbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi taşkil etildi.

Farmon bilan quyidagilar belgilandi:

a) Davlat aktivlarini boşqariş agentligining asosiy vazifalari etib:

davlat aktivlarini samarali boşqariş böyiça yagona davlat siyosatini yuritiş;

öziga berilgan davlat iştirokidagi korxonalar ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketlari (uluşlari) böyiça aksiyador (ta'sisçi va iştirokçi) huquqlarini amalga oşiriş;

ilğor xorijiy tajriba asosida davlat iştirokidagi korxonalarda zamonaviy korporativ boşqaruv şakl va usullarini joriy qiliş, ularni boşqarişda kuzatuv kengaşi va aksiyadorlarning rolini tubdan oşiriş;

davlat iştirokidagi korxonalarni, şu jumladan, xalqaro moliya institutlari tavsiyalari asosida bosqiçma-bosqiç içki va taşqi bozorlarda raqobatlaşa oladigan, samarali korxonalarga aylantirişga kömaklaşiş;

davlat iştirokidagi korxonalar faoliyatining samaradorligi va şaffofligini ta'minlaş, boşqaruv tuzilmasini optimallaştiriş, yuqori daromadlilik va kapitalizatsiyani oşiriş, sohasiga kirmaydigan va foydalanilmayotgan aktivlarini çiqarib taşlaşga qaratilgan rivojlantiriş strategiyalarini işlab çiqiş va tasdiqlaşni muvofiqlaştiriş;

davlat manfaatlarini ta'minlagan holda, şu jumladan, davlat aksiya paketlarini (uluşlarini) işonçli boşqaruvga beriş orqali investitsiya faoliyatini amalga oşiriş;

davlat iştirokidagi korxonalarning obligatsiya va aksiyalarini çiqariş va realizatsiya qiliş, şu jumladan, mahalliy va xorijiy fond birjalarida IPO/SPO böyiça emissiyalarni joylaştiriş hisobiga şu jumladan, xorijiy töğridan-töğri, şuningdek, portfel investitsiyalarni jalb qiliş;

davlat aktivlarini realizatsiya qiliş (xususiylaştiriş) va ijaraga berişning oçiq va şaffof mexanizmini ta'minlaş, investorlar tomonidan qabul qilingan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar bajarilişi ustidan monitoring qiliş, şuningdek, davlat-xususiy şeriklik böyiça takliflarni tayyorlaşda iştirok etiş;