Özbekiston prezidenti 2021 yil 20 avgust kuni tadbirkorlar bilan oçiq muloqotida temiryöllari tizimidagi monopoliyani qattiq tanqid qilgan edi.

“Raqobat, xususiy sektor kirmasa, temiryöl monopoliyasini topşirmaydi, sifati özgarmaydi, narxi kamaymaydi”, degan edi Şavkat Mirziyoyev. Temiryölçilar esa kompaniya tarkibida turli korxonalar oçilganini aytib, hujjatda bölsa ham bugun iste’molçi oldida “tanlovlar köp” ekanini tuşuntirişga uringan.

Hikmatulla Rahmetovning aytişiça, yuk vagonlari böyiça hozir turli tadbirkorlar qiziqiş bildirgan, lekin yölovçi vagonlarini qöyişda biror kim öz taklifini amalga oşirolgani yöq.

-Ya’ni bugun biz xohlaymizmi-yöqmi, siz qançalik vagonni köpaytirsangiz ham, bitta kompaniyaning xizmatlaridan foydalanamiz. Nima uçun tadbirkorlar kelmayapti? Bozor yopiqmi yoki bölmasa şartlar qiyinmi? Nima uçun bitta kompaniya xizmatlaridan foydalanişimiz kerak?

-Gapingiz töğri, lekin biz bu işni ham boşladik. Biz tadbirkorlarning temiryölga kelib, ham yuk taşiş, ham yölovçi taşişi uçun tizimni yaratdik. Oldin faqat “Özbekiston temiryöllari”ning vagonini işlata bilardingiz, Özbekiston hududida. Bugungi kunda özingizga vagon sotib olib, uni reysga qöyib, şaxsiy qilib işlatişingiz mumkin.

-Birorta tadbirkor qiziqiş bildirib keldimi?

-Juda ham köp. Bugungi kunda men sizga aytaman, ikki yarim yil oldin şaxsiy vagonlar, agar adaşmasam, 300 tadan oşiq bölmagan. Bugungi kunda taxminan 15 mingtaga yetdi. Şuni ham, albatta, aytib ötiş joizki, “Özbekiston temiryöllari”ning ham vagonlari aksiyadorlik jamiyatiga ötdi. Ularni ham şaxsiy desa böladi. Bugungi kunda taxminan 20-30 ta yangi kompaniyalarning şaxsiy vagonlari soni ortib bormoqda. Bular, albatta, yuk vagonlari. Xuddi şunaqa qilib, hozir yölovçi vagonlariga ham yöl oçib boryapmiz. Transformatsiya tez bölişining imkoni yöq, bu juda qiyin iş.