Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida «Nurafshon city» quriladi
Vazirlar Mahkamasining «Toshkent viloyati ma'muriy markazini qurish ishlarini jadallashtirish hamda zamonaviy ishbilarmonlik va turar joy markazlarini tashkil etishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Toshkent viloyati ma'muriy markazi qurilishi ishlarini yanada jadallashtirish, tuman (shahar) markazlari me'moriy qiyofasini yaxshilash va obodonlashtirish, uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, shuningdek zamonaviy biznes, moliyaviy va turistik infratuzilmalarni jadal rivojlantirish maqsadida:
- Toshkent viloyati ma'muriy markazi qurilishi uchun 246,2 gektar yer uchastkasi, shu jumladan Konchi massivi hududida 113 gektar va Yangi turmush massivi hududida 133,2 gektar yer uchastkasi ajratib beriladi;
- Toshkent viloyati ma'muriy markazi hududida obektlar qurilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish uchun Nurafshon shahar hokimligi huzurida «Toshkent viloyati ma'muriy markazini qurish direksiyasi» davlat unitar korxonasi tashkil etiladi.
Qaror bilan «Aqlli shahar» konsepsiyasi bo‘yicha Nurafshon shahrida Toshkent viloyati ma'muriy markazini qurish» investitsiya loyihasini «Nurafshon business city» konsepsiyasiga o‘zgartiriladi. Tegishincha, tashkil etilgan direksiya Toshkent viloyatida biznes markazlarini qurish direksiyasiga qayta tashkil etiladi, u barcha huquq va majburiyatlar hamda tuzilgan shartnomalar bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi.
Direksiya «Nurafshon business city» hamda tuman va shaharlarda tashkil etiladigan boshqa zamonaviy ishbilarmonlik va turar joy markazlari bo‘yicha buyurtmachi funksiyalarini bajaradi, ular hududlarida obektlar qurilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
Direksiya faoliyati prezidentning 2.08.2018 yildagi «Respublika hududlarida «Vusiness city» zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan vazifalar va qoidalarga muvofiq tashkil etiladi.
Mavzuga oid
07:34 / 05.05.2026
Ugom daryosi davlat gidrologik tabiat yodgorligi deb e’lon qilindi
10:57 / 27.04.2026
Angrenga kirishda yuk mashinasi 4 ta yengil mashinani urib ketdi, qurbonlar va yaradorlar bor
13:45 / 26.04.2026
Toshkent viloyatida tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan FVB boshlig‘i ushlandi
13:51 / 24.04.2026