Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonning Kashmir shtatidagi vaziyat tobora keskinlashmoqda
Foto: AP Photo/ Dar Yasin
Hindistonning Jammu va Kashmir shtatida jangarilar Hindiston armiyasi harbiy karvoniga hujum qilishi oqibatida 2 nafar harbiy xizmatchi va politsiyachi halok bo‘lgan, deb xabar qilmoqda mahalliy politsiya idorasi.
Hodisa yarim tunda Baramulla tumanida sodir bo‘lgan. Jangarilar karvonga pistirmadan hujum qilgan. PTI agentligi xabariga ko‘ra, qurbonlardan tashqari yana ikki harbiy yaralangan.
Qayd etilishicha, jangarilar voqea joyini tark etishgan, xavfsizlik kuchlari ularni qidirmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, ushbu voqea jangarilarning mazkur shtat xavfsizlik kuchlariga uyushtirayotgan ikkinchi xurujidir. 15-avgust dushanba kuni, mamlakatning mustaqillik kunida jangarilar Shrinagar shahri chekkasida politsiyachilarga hujum qilishi oqibatida to‘qqiz kishi yaralangan, bir politsiyachi halok bo‘lgandi. Shu kuni huquq posbonlari 7 nafar jangarini yer tishlatgandi.
Mavzuga oid
11:02 / 21.01.2026
Toshkentda hind tilidagi reklama noqonuniy o‘rnatilgani aniqlandi
20:47 / 20.01.2026
Hindistonda fil 10 kun ichida 22 kishini o‘ldirdi
14:02 / 14.01.2026
Hindistonda yovvoyi fil 22 kishini o‘ldirdi. U hamon qidirilmoqda
23:10 / 07.01.2026