Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda hind tilidagi reklama noqonuniy o‘rnatilgani aniqlandi
Qonunchilikka ko‘ra, reklama yo to‘liq davlat tilida bo‘lishi, yo davlat tiliga ustuvorlik berilgan bo‘lishi kerak. Tibbiyot universiteti yaqinida hind tilida yozilgan reklama peshlavhasi ana shu talablarga rioya etilmagani, qolaversa tegishli hujjatlarsiz o‘rnatilgani uchun oldirib tashlandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodan kadr
Toshkent davlat tibbiyot universiteti yaqinida hind tilida yozilgan reklama peshlavhasi o‘rnatilgani ma’lum bo‘ldi. Unda hot-dog va hamburger reklama qilingan.
Bu haqdagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, Toshkent shahar hokimligi bu reklama tegishli hujjatlarsiz, noqonuniy o‘rnatilganini aniqladi.
Qayd etilishicha, peshlavhada “Davlat tili to‘g‘risida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlar talablari buzilgan.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, reklama axborotlari O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida bo‘lishi kerak; agar zarurat bo‘lsa, reklama boshqa tillarda ham berilishi mumkin, biroq bu holatda ham davlat tilidagi matnning ustuvorligi saqlanishi, reklama materiallari qonuniy joylashtirilishi shart.
Noqonuniy o‘rnatilgan reklama peshlavhasi belgilangan tartibda demontaj qilindi, deyiladi poytaxt hokimligi axborotida.
Milliy Statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2025 yil yanvar–oktyabr oylarida o‘qish maqsadida O‘zbekistonga kelgan chet el fuqarolari bir yil oldingiga nisbatan 1,5 barobarga ko‘payib, 33 mingdan oshgan. Ulardan 14 mingdan ortig‘i – hindistonlik, 8 mingdan ziyodi turkmanistonliklardir.
Mavzuga oid
13:09 / 09.02.2026
Hindiston zavodlari AQSh bilan kelishuv uchun Rossiya neftidan voz kechmoqda
21:26 / 07.02.2026
Eng ko‘p guruch iste’mol qiladigan mamlakatlar ma’lum qilindi
16:44 / 07.02.2026
Toshkent shahri hokimiga yangi o‘rinbosar lavozimi joriy etildi
08:28 / 07.02.2026