O‘zbekiston | 18:30 / 24.01.2020
7010
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoro va Xiva o‘rtasida tezyurar poyezdlar qatnovi qayta tiklanadi

2 martdan boshlab «Buxoro-Xiva-Buxoro» yo‘nalishi bo‘yicha tezyurar poyezdlar qatnovi qayta boshlanadi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» OAJ matbuot xizmati xabar bergan.

Safarning umumiy davomiyligi 5 soat 09 daqiqa. Chipta narxi 59 ming so‘mdan boshlanadi.

Ushbu yo‘nalishdagi birinchi tezyurar poyezd qatnovi o‘tgan yilning yanvar oyida yo‘lga qo‘yilgan, ammo keyinroq qatnov to‘xtab qolgan edi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid