Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Temiryo‘l chiptasi bo‘yicha qariyb 800 ming yo‘lovchidan undirilgan ortiqcha haq qaytariladi
Raqobat qo‘mitasi sotilgan chiptalardan vositachilik yig‘im qiymati bo‘yicha ortiqcha haq undirilganini aniqladi.
Raqobat qo‘mitasi maxsus komissiyasi tomonidan olib borilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra, «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ va «Shahar atrofida yo‘lovchi tashish» MChJ tomonidan sotilgan chiptalardan vositachilik yig‘im qiymati bo‘yicha umumiy hisobda jami 792 186 nafar iste’molchidan ortiqcha haq undirilgani aniqlandi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Qo‘mita ushbu korxonalarga ortiqcha undirilgan pullarni iste’molchilarga qaytarish, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ko‘rsatma bergan.
Ta’kidlanishicha, ushbu korxonalar Raqobat qo‘mitasi qarori yuzasidan norozi bo‘lib, sudga murojaat qilgan. Biroq, bir necha sud instansiyalarining hal qiluv qarorlari bilan «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ va «Shahar atrofida yo‘lovchi tashish» MChJ arizalarini qanoatlantirish rad qilingan. Natijada, Qo‘mita maxsus komissiyasining qarori va ko‘rsatmasi o‘z kuchida qoldirilgan va ortiqcha olingan mablag‘larni qaytarish, shuningdek, moliyaviy jarima to‘lash belgilangan.
Ortiqcha olingan mablag‘lar va jarima miqdori xabarda keltirilmagan.
Mavzuga oid
14:57 / 01.07.2026
Raqobat qo‘mitasi dominant viza markazlarini reyestrga kiritdi
19:35 / 24.06.2026
Raqobat qo‘mitasi dori reklamalaridagi chalg‘ituvchi iboralardan ogohlantirdi
00:05 / 21.06.2026
Raqobat qo‘mitasi 8 ta ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga narxlarni maqbullashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi
10:00 / 16.06.2026