Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent - Chinorkent ekspress elektropoyezdining chipta narxi oshadi
Endi u kattalarga 30 ming (hozir 20 ming) so‘m, bolalarga 16 500 (hozir 11 500) so‘m bo‘ladi.
Joriy yilning 25 sentabr kunidan boshlab «Toshkent - Chinorkent - Toshkent» yo‘nalishida qatnovchi shaharlararo ekspress elekropoyezdlar uchun chipta narxi oshiriladi.
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» matbuot xizmati xabariga ko‘ra, chipta narxlari kattalar uchun - 30 000 so‘m, yosh bolalar uchun — 16 500 so‘mni tashkil etadi.
Shu paytgacha poyezdda yo‘l haqi kattalar uchun 20 ming so‘m, bolalar uchun 11,5 ming so‘m bo‘lib kelayotgandi.
Avvallari Toshkentdan Xo‘jakentgacha qatnagan elektropoyezd qatnovi 2025 yil yanvar oyidan 1,5 km masofaga - Chorvoq shaharchasida yaqinida joylashgan «Chinorkent» bekatigacha uzaytirildi.
Mavzuga oid
10:40
Kuchli issiq tufayli ayrim poyezd vagonlarida salqinlik pasayishi mumkin
11:13 / 13.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Bekobodga elektropoyezdda bordi
12:01 / 03.07.2026
Abdurahmon Fozilov va Otabek Jo‘rayev chipta sotuvi bilan bog‘liq holatga qo‘shimcha izoh berdi
16:14 / 04.06.2026