Jamiyat | 18:21 / 18.04.2017
10532
2 daqiqa o‘qiladi

“Jahon adabiyoti” jurnali 20 yoshda

Oliy harbiy bojxona institituda “Jahon adabiyoti” jurnali tashkil etilganligining 20 yilligiga bag‘ishlangan ma'naviy tadbir o‘tkazildi.  

Tadbirda Oliy harbiy bojxona instituti professor-o‘qituvchilari va tinglovchilar,  “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri Shuhrat Rizayev, filologiya fanlari nomzodi, ichki ishlar idoralari faxriysi To‘lqin Saydaliyev, filologiya fanlari doktori Hamidulla Boltaboyev, shoir, tarjimon Tursun Ali, shoir, tarjimon Rustam Musurmon, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, tarjimon Amir Fayzullayev, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda ta'kidlanganidek, «Jahon adabiyoti» jurnali O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan Vazirlar Mahkamasining 1997 yil  27 fevraldagi qaroriga asosan tashkil etilgan edi.

O‘zbekiston Qahramoni, adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinov jurnalning birinchi bosh muharriri sifatida 1997-2005 yillarda faoliyat ko‘rsatdi.

1997-2016 yillar mobaynida jurnalning 235 ta soni nashr etildi. O‘tgan davr mobaynida jurnalda 100 dan ortiq roman, 200 dan ziyod qissa, 1000 dan ortiq hikoya va novella 500 ga yaqin falsafiy –publitsistik, ilmiy-nazariy maqolalar e'lon qilindi. 

Joriy yilda respublika miqyosida «Jahon adabiyoti» jurnali tashkil etilganligining 20 yilligiga bag‘ishlab turli tadbirlar va ijodiy uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. 

«Jahon adabiyoti» jurnali tashkil etilganligining 20 yilligiga bag‘ishlab Oliy harbiy bojxona institutida o‘tkazilgan tadbirda ham jurnalda bugungi kunda chop etilayotgan badiiy asarlarni barkamol avlodni tarbiyalashda tutgan o‘rni xususida atroflicha fikr yuritildi.

Mavzuga oid