“Muştum” jurnali va uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari faoliyati vaqtinça töxtatildi. Bu haqda jurnalning Telegram’dagi rasmiy kanalida e’lon qoldirildi.
E’londa jurnal faoliyatining vaqtinça töxtatilişiga iqtisodiy qiyinçiliklar sabab bölgani aytilgan.
1923 yildan buyon naşr qilib kelinayotgan jurnalning faoliyati vaqtinça töxtatilgani haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bölmoqda.
Jumladan, jurnalist Şahnoza Soatova “Muştum” jurnali davlat muhofazasiga olinişi kerakligi haqida yozdi.
“Yangi naşrlar oçgan yaxşi-yu, biroq eskilarini boy bersak, jadid bobolar ğoyalariga ehtirom qayda qoladi? “Muştum” bizning moddiy-nomoddiy qadriyatimiz, Abdulla Qodiriydan meros naşr. Yuz yillik brend desak ham böladi. Uni davlat muhofazasiga oliş kerak. Xuddi şunday “Turkiston”, “Özbekiston adabiyoti va san’ati”, “Guliston”, “Yoş kuç” kabi otaxon naşrlarni ham asrab qoliş kerak. Yangi naşrlar öz tarixini noldan boşlab yangi Özbekistonning merosi bölib qolaversin. Eskilarga tegmaylik, asraylik. Çunki tarixda nafaqat “yangi” bölib, balki “buzmagan, asragan va avlodlarga yetkazgan” bölib qoliş ham muhim”, deya fikr bildirgan u.
Jurnalist Şuhrat Şokirjonov esa “Muştum” jurnali yangi taşkil etilgan “Jadid” gazetasi tahririyati qoşida asrab qolinişi kerakligini bildirgan.
“Gazeta.uz”ning yozişiça, jurnal boş muharriri Nosirjon Toşmatov tahririyatga bergan intervyusida “Muştum” ikki marta – Ikkinçi jahon uruşi tufayli 1941−1951 yillarda hamda koronavirus pandemiyasida, iqtisodiy qiyinçiliklar sababli vaqtinça töxtatib turilganini ma’lum qilgan. Oradan bir yil ötib, 2021 yildan esa jurnal yana çiqa boşlagan.
Ma’lumot uçun, “Muştum” jurnaliga 1923 yilning 18 fevralida Abdulla Qodiriy va Ğozi Yunus tomonidan asos solingan.
















