Dunyo böylab 100 dan ortiq tibbiy jurnal yadroviy qurolni taqiqlaşga çaqirdi. «Xavf katta va tobora kuçayib bormoqda. Yadroviy davlatlar bizni yöq qilişdan oldin özlarining yadro arsenallarini yöq qilişi kerak», deyiladi 3 avgust, payşanba kuni 11 ta yetakçi tibbiy jurnallar, jumladan, British Medical Journal, The Lancet va Journal oft he American Medical Association qöşma bayonotida. 

Murojaat mualliflari butun dunyo şifokorlarini fuqarolar va siyosatçilarni «yadro qurolining aholi salomatligi uçun katta xavfi» haqida ogohlantirişga çaqirdi. Hujjat Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşda yadro qurolidan foydalaniş haqidagi tahdidlari va Şimoliy Koreyada davom etayotgan raketa sinovlari fonida ommaga e’lon qilindi. 

Butunjahon tibbiy muharrirlar assotsiatsiyasi (WAME) eksklyuziv kontent uçun odatda bir-biri bilan raqobatlaşadigan naşrlar uşbu qöşma murojaat uçun birlaşganini e’tiborga molik deb atadi. «Bu hozirgi yadroviy inqirozning öta oğirligini ta’kidlaydi», deb hisoblaydi WAME. 

Maqolada ta’kidlanişiça, dunyo böylab 13 mingta yadro kallagidan atigi 250 tasi qöllanadigan uruş natijasida 120 million kişi halok böladi va global iqlim buzilişi sodir böladi, bu esa yadroviy oçarçilik va yana ikki milliard odamning ölimiga olib keladi. 

Maqola 1970 yilda kuçga kirgan Yadro qurolini tarqatmaslik töğrisidagi şartnoma bajarilişini nazorat qiliş böyiça konferensiya taşkil etiş qömitasining Venadagi yiğilişi oldidan çop etilgan.