Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Endi UzCard kartalaridagi pullarni so‘mli Visa’ga masofadan o‘tkazish mumkin
“O‘zsanoatqurilishbank” o‘z mijozlariga so‘mli Visa plastik kartalari hisobini UzCard kartasidagi mablag‘lar hisobidan to‘ldirish imkoniyatini yaratdi.
Buning uchun Siz “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan chiqarilgan shu turdagi plastik kartalarga ega bo‘lishingiz hamda “UzPSB Mobile” mobil ilovasini telefoningizga yuklab olishingiz kifoya.
“O‘zsanoatqurilishbank” so‘mli Visa kartalari bilan Siz dunyoning istalgan mamlakatida oldi-sotdi qilishingiz, internet do‘konlardan xaridlar amalga oshirishingiz mumkin. Bunda milliy valyutadagi mablag‘ingiz chet el valyutasiga avtomatik ravishda konvertatsiya qilinadi.
O‘zbekistonda birinchi bo‘lib “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan joriy qilingan yangi xizmatdan sutkaning istalgan vaqtida, dunyoning istalgan joyida foydalanishingiz mumkin. Mablag‘ miqdori chegaralanmagan.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
23:15 / 28.03.2023
Asakabank va O‘zsanoatqurilishbank kapitaliga xorijiy investitsiyalar jalb etiladi
14:10 / 31.10.2022
“O‘zsanoatqurilishbank” xodimlari uchun Tracker-2 va Equinox mashinalari xarid qilinadi
20:00 / 23.12.2021
Toshkentda Tadbirkorlar maktabi ochildi
12:00 / 03.12.2021