O‘zbekiston | 18:36 / 06.12.2017
15601
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda asal ishlab chiqarish hajmi 24 ming tonnagacha yetkaziladi 

6 dekabr kuni «O‘zkurgazmasavdo» ko‘rgazmalar zalida Xalqaro Press-klubning «O‘zbekiston asalarichilari» uyushmasi vakillari bilan anjumani bo‘lib o‘tdi.

«O‘zbekiston asalarichilari» uyushmasi anjumani. Foto: Xalqaro press-klub

Anjumanda “O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasi raisi Sherali Suyarqulov, aksiyadorlik tijorat "Aloqabank" Boshqaruv raisi Kamunna Irisbekova, apiterapevt Gulchehra Latipova, dehqon xo‘jaligi rahbari Dilshod Artikov, “Asalarichilar” fermerlik xo‘jaligi rahbari Qodirxo‘ja Tojixo‘jayev va "Sof asal" MChJ rahbari, eksportyor Abdulbori Xalilov spikerlar sifatida ishtirok etdi.

"Sof asal" MChJ rahbari, eksportyor Abdulbori Xalilov. Foto: Xalqaro press-klub

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 oktabrdagi “Respublikamizda asalarichilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3327-sonli qarori ijrosini ta'minlash, asalarichilik sohasida erishilgan yutuqlarni namoyish etish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, asal va asal mahsulotlari savdosini tashkil qilish maqsadida, 2017 yil 1-10 dekabr kunlari Toshkent shahridagi “O‘zko‘rgazmasavdo” pavilonlarida mamlakat miqyosida ilk bor keng ko‘lamda “Asal bayrami” va asal mahsulotlari ko‘rgazma-yarmarkasi o‘tkazilmoqda.

«O‘zbekiston asalarichilari» uyushmasi anjumani. Foto: Xalqaro press-klub

“Asal bayrami” va ko‘rgazma-yarmarka tadbirlarida O‘zbekistonning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 250dan ortiq asalarichilik sub'yekti o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etdi.

Qarorga muvofiq "O‘zbekiston asalarichilari" uyushmasi tashkil etildi.

Foto: Xalqaro press-klub

"O‘zbekiston asalarichilari" uyushmasining asosiy vazifalari etib asal mahsulotlari ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini tizimli tashkil etish, asalari paketlari yetishtirish va ozuqa bazasini mustahkamlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, shuningdek, asal yetishtirish jarayoniga ilmiy asoslangan usullar va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish belgilab qo‘yildi.

Uyushma tizimiga joylarda asalarichilik tarmog‘i tashkilotlari ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha 13 ta doimiy vakil kiritildi.

“O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasi raisi Sherali Suyarqulov. Foto: Xalqaro press-klub
"Aloqabank" Boshqaruv raisi Kamunna Irisbekova. Foto: Xalqaro press-klub
Apiterapevt Gulchehra Latipova. Foto: Xalqaro press-klub

Ushbu qaror bilan "O‘zbekiston asalarichilari" uyushmasining "Apimondiya" Xalqaro asalarichilik uyushmalari federatsiyasiga a'zo bo‘lishi nazarda tutilgan.

Ushbu qarorga muvofiq asal mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2017 yildagi 15,4 ming tonnadan 2021 yilga borib 23,7 ming tonnagacha yetkazish nazarda tutilgan.

“Asal bayrami” ko‘rgazma-yarmarkasi tadbirlari doirasida 10 dan ortiq nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, ular faxriy yorliq, esdalik sovg‘alari hamda maxsus sertifikatlar bilan rag‘batlantirildi.

Mavzuga oid