Özbekiston elçixonasi xodimlari Misrning Tanta provinsiyasida joylaşgan Al-Aseal asal işlab çiqariş korxonasi faoliyati bilan tanişdi.
Dastlab korxona rahbari Fatxi Bexeyri bilan muzokara ötkazildi. Unda Namangan va Jizzax viloyatlarida asal zavodini taşkil investitsiyaviy loyihasini amalga oşirişning amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Jumladan, qurilişi rejalaştirilayotgan binolar, asalni qayta işlaş, tozalaş va boyitiş tizimi böyiça rejalar körib çiqildi.
Muzokaralardan söng asalni qayta işlaş va qadoqlaş markazi hamda asal yiğiş dalasiga ekskursiya uyuştirildi. Diplomatlar yaratilgan şaroitlar va işlab çiqariş jarayoni bilan yaqindan tanişdi.
Özbekistonda taşkil etiladigan asalariçilik markaziga rivojlangan davlatlardan eng zamonaviy, töliq avtomatlaştirilgan uskunalar olib kelinadi. Buning natijasida har kuni inson omilini kamaytiriş orqali bir neça tonna asal işlab çiqarilişi va keyinçalik Markaziy Osiyo mintaqasida maqbul narxlarda sotilişi kutilmoqda.








