Söx tumanining Devayron qişloğida yaşovçi Asalbek Mirtazobekov toğ etagida 450 quti asalaridan 14 tonnagaça asal yetiştiradi. Asalariçining bobosi Xöjabek Xudayçi ham 1863 yil Buyuk Britaniyadan asalari olib keltirib köpaytirgan ekan. “Ismim bejiz Asalbek emas. Bobom, ota-onam ham asalariçilik bilan şuğullangan. Qutilardan asal yiğiştirayotgan onamni tölğoq tutib, bol yonida men tuğilgan ekanman”, – deydi u.
14 tonnagaça asal olaman...
Men tuğilgan kun oilamiz şu qadar köp asal olişganki, hatto xamir toğoralarga ham asalga tölgan ekan. Şu kuni onam asal yuqli qöllarini yuvişga ulgurmasdan tuğilgan ekanman. Otam şu sababli ismimni Asalboy qöygan.

Butun boşli uruğimiz asalariçilik bilan şuğullangan. 1863 yil bobomiz Xöjabek Xudayçi Buyuk Britaniyadan asalari olib keltirib, şu işni yölga qöygan ekan. Oilamiz XIX asrdan beri asalariçilik bilan şuğullanib kelmoqda.
Bobom Hamidbek, otam Mirtazobek va bobomning otasi Xöjabeklar ham asalariçilik bilan şuğullangan va bu kasb avloddan avlodga ötib kelmoqda.

Hozirda 450 ta asalari qutilari bor, ularda 900 oila yaşaydi, 8-14 tonnagaça asal olaman. Şulardan 6-8 tonnasini Söx toğlaridan, qolgan qismini paxtazor va daryo böyidagi ösimliklardan yiğilgan asal taşkil etadi.
Toza asal qanday böladi?
Toğ asali ança foydali, ammo allergiya bilan boğliq kasalliklarni rivojlantirişi mumkin, paxtadan olinadigan asal esa allergik kasalliklarga davo hisoblanadi.


Asalariçilikning öziga yaraşa qiyinçiliklari bor, albatta. 1965 yilgaça asalarilarga birorta dori bermaganmiz. Öşa yili bir quti arilarga kana yuqib qolib, dori bilan tuzatganmiz. Bu kasb ota kasbim bölgani uçun ham köp sir-asrorlarini otam va onamdan örgandim.















