Jahon | 23:47 / 24.03.2017
9411
1 daqiqa o‘qiladi

Bangladesh poytaxti aeroportiga xudkush tomondan hujum amalga oshirildi

24 mart kuni terrorchi-xudkush Bangladesh poytaxti Dakkadagi xalqaro aeroportning politsiya postiga hujum amalga oshirdi. Bu haqda India Today telekanali ma'lum qildi.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, hujum mahalliy vaqt bilan 20.00 da sodir etilgan. Hujum oqibatida terrorchi halok bo‘lgan. Boshqa jabrlanganlar haqida ma'lumot kelib tushmagan.

Politsiyada ta'kidlanishicha, xudkushni hujumni amalga oshirishga nima undagani noma'lum.

Mavzuga oid