11 fevralga ötar keçasi AQŞning Meksika bilan çegaradoş El-Paso şahridagi aeroport kutilmaganda yopildi. Federal aviatsiya boşqarmasini (FAA) nazorat qiluvçi AQŞ Transport vaziri Şon Daffi hududda Meksika jinoiy karteliga tegişli dronning paydo bölişi havo qatnovini taqiqlaşga sabab bölganini bildirdi. Dastlab bu taqiq 10 kunga rejalaştirilgan edi, biroq keyinçalik u 7 soatgaça qisqartirildi.
Reuters'ning yozişiça, 700 ming aholisi bor şahar havo hududi deyarli heç qanday ogohlantirişsiz yopib qöyilişi — AQŞ aviatsiyasi tarixida misli körilmagan va xavfli holatga sabab bölgan. Bu nafaqat transport logistikasini izdan çiqardi, balki milliy xavfsizlik tizimidagi jiddiy uzilişlarni foş qildi.
Meksika prezidenti ma’muriyati 11 fevral tongida çegara böylab dronlar harakati haqida heç qanday ma’lumot yöqligini aytdi.
Harbiylar yangi qurolni sinagan bölişi mumkin
Aslida aeroport yopilişining asl sababi kartel hujumi emas, balki Pentagon va Federal aviatsiya boşqarmasi örtasidagi kelişmovçilik bölişi mumkin.
Axios naşrining öz manbalariga tayanib yozişiça, Mudofaa vazirligi harbiylari aeroport yaqinidagi Fort-Bliss bazasida dronlarga qarşi yangi lazer qurollarini sinovdan ötkazmoqçi bölgan.
Aviatsiya boşqarmasi esa uşbu lazerlar fuqarolik samolyotlarining datçiklariga zarar yetkazişi yoki uçuvçilarni kör qilişi mumkinligidan xavotir olib, havo hududini butunlay yopgan. Natijada ikki idora örtasida özaro muvofiqlaştiriş bölmagani uçun «10 kunlik yopiliş» haqidagi vahimali qaror e’lon qilingan.

Aviatsiya ekspertlari ham aeroport yaqinida dron körinişi odatda uzoq muddatli çeklovga emas, balki qisqa tanaffusga sabab bölişini ta’kidlamoqda.
Naşrning qayd etişiça, AQŞ Transport vaziri Şon Daffi va Oq uy voqeani darhol «Meksika kartellari tahdidi» deb talqin qilgan. Biroq, bu – siyosiy qalqon edi: ma’muriyat öz içidagi texnik va byurokratik xatoni yaşiriş uçun taşqi duşmanni ayblaş yölini tanlagan, deb yozmoqda Axios.



















