Oxirgi vaqtlarda tarqalayotgan xabarlardan Amerika baribir Eronga hujum qiladigandek taassurot paydo bölmoqda. Amerika naşrlariga köra, Eron yadroviy kelişuvni paysalga solayotgani Trampning toqatini toq qilibdi. Amerika Yaqin Şarqda oxirgi marta 2003 yilda hozirgi kabi qöşin töplagan va öşanda Iroqqa bostirib kirgandi...«Bossning toqati toq bölyapti»
Amerikaning Axios naşri öz manbalariga tayanib yozişiça, Tramp yaqin haftalar içida Eronga zarba beriş böyiça qaror qabul qilişi mumkin. «Bossning toqati toq bölyapti. Atrofidagilar uni Eron bilan uruşdan qoçişga çaqiryapti, lekin yaqin haftalarda zarba berilişi ehtimoli 90 foizga teng», degan prezident maslahatçilaridan biri naşr bilan suhbatda. Maşhur respublikaçi senator Lindsi Grehem ham tez orada zarba berilişi mumkinligi haqida gapirdi.
Tayyorgarlik katta
Amerika Yaqin Şarqda juda jiddiy harbiy tayyorgarlik ötkazmoqda. Bu ötgan yil yozda Eron va Isroil örtasida keçgan 12 kunlik uruş vaqtidagi tayyorgarlikka öxşamaydi, bu gal barçasi jiddiy. Amerika harbiy havo kuçlarini yoppasiga ehtimoliy operatsiya uçun jalb qilgan.
Oxirgi bir kun içida mintaqada F-35, F-22, F-15 qiruvçi samolyotlari va radiolokatsion aniqlaş aviatsiyasiga yonilği quyadigan qöşimça 19 ta samolyot harakati payqalgan. 18 fevral kuni dunyodagi onlayn radarlarda eng köp kuzatilgan reyslar aynan mana şu samolyotlar bölgan. Qiruvçi samolyotlarga havoda yonilği quyadigan bunaqa samolyotlarning kamida 16 tasi allaqaçon Qatardagi Al Udeyd bazasida turibdi. Şuningdek, bazada ikkita aviataşuvçi kema ham langar taşlagan.
Bunçalik köp yonilği quyuvçi samolyotlar, tankerlar va aviataşuvçilar töplanayotganiga qaraganda, Amerika Eronga şunçaki zarba berib ketişni emas, tölaqonli harbiy operatsiya ötkazişni közlamoqda. Zamonaviy til bilan aytganda Amerika Eronda «SVO» ötkazmoqçiga öxşaydi.
Amerikaliklar Yaqin Şarqda oxirgi marta 2003 yil bunaqa jiddiy qamrovda qöşin töplagan va Iroqqa bostirib kirgandi. Axios'ning yozişiça, AQŞ mintaqaga qöşimça 50 ta qiruvçi samolyot yuborgan. Naşrning Tramp bilan yaxşi aloqada ekani aytiladigan jurnalisti Barak Ravidning sözlariga köra, Tramp ma’muriyati Yaqin Şarqdagi katta uruşga köpçilik öylaganidan ança yaqinroq. Ekspertlar AQŞ mintaqaga mavjud barça turdagi harbiy resurslarini yuborayotganiga e’tibor qaratgan.
Isroil ham tayyorlanmoqda
AQŞ Eronga hujum qilişi mumkinligi fonida Isroilda ham harbiylarga uruşga tayyorlaniş buyurilgan. Butun mamlakatdagi harbiy tuzilmalar yuqori darajali tayyorgarlik holatiga keltirilgan. Amerika hujumni boşlasa, katta ehtimol Isroil ham Tehronga zarbalarda iştirok etadi. Amerika hujumiga javob ölaroq Eron Vaşingtonning mintaqadagi bazalaridan taşqari Isroilga ham zarba berişi istisno qilinmayapti.
Xullas, Tramp navbatdagi «SVO»ga tayyorlanayotgani körinib turibdi. Yadroviy muzokarada möjiza sodir bölib, tomonlar kelişuvga erişmasa, Amerika va Eron örtasidagi uruş muqarrarga öxşaydi. Lekin Eronga qarşi operatsiya Venesuelada bölgani kabi oson keçmasligi aniq. Amerika har qança kuçli bölmasin, Eron ham uruşişni biladi. Amerika Tehrongaça kirib borib toğ ostidagi yadroviy obektga zarba berib, keyin heç nima bölmaganday çiqib keta olişini körsatib böldi, lekin bu gal Tramp şunçaki B-2 bilan zarba berib ketiş bilan çeklanmoqçi emas.
Bir neça yil avval Amerika Yaqin Şarqda qöşin töplab, Eronga zarba bermoqçi ekanini aytsa, buni şunçaki tahdid deb tuşunişardi. Lekin Trampning ikkinçi muddatida dunyoda tartibot butkul özgarib ketdi. Amerika Eronga töğridan-töğri zarba yölladi, Venesueladan prezident olib qoçdi. Bu Amerikadan har qanday işni kutsa böladi. Axir dunyo tartiboti degan tuşunça çiqindiga uloqtirilgan, hozir dunyoda Tramp tartiboti hukmron...











