Islom taraqqiyot banki O‘zbekiston qishloqlarini kompleks rivojlantirish uchun mablag‘ ajratadi
2024-2028 yillarda Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining 21 ta tumanida qishloqlar infratuzilmasi yaxshilanadi. Buning uchun Islom taraqqiyot bankidan 20 yil muddatga 260 million dollarlik imtiyozli qarz jalb qilinmoqda.
Prezident “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Islom taraqqiyot bankidan 20 yil muddatga 260 million dollarlik imtiyozli qarz jalb qilinmoqda. Qarz mablag‘lari hisobidan 2024-2028 yillarda Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining 21 ta tumanida qishloqlar infratuzilmasi yaxshilanadi.
Loyiha doirasida 20 maktab (19 tasi Samarqandda), 14 bog‘cha, 10 ta oilaviy shifokor punkti (barchasi Samarqandda) quriladi, 200 km ichimlik suvi, 368 kilometr elektr tarmog‘i tortiladi, 53 ta transformator o‘rnatiladi.
Qariyb 330 kilometr yo‘l infratuzilmasi yaxshilanib, buning uchun 717 milliard so‘m sarflanadi.
Mavzuga oid
13:43 / 29.06.2024
Suzib yuruvchi qishloq – Filippindagi qabila nega bambuk taxtalarida yashashga majbur?
18:45 / 08.05.2024
Ichimlik suvi yetib bormagan joylarga suv olib boriladi. Bunda fuqarolarning nazorati juda muhim
16:49 / 30.04.2024
O‘zbekistondagi maktablarning 87 foizida kanalizatsiya yo‘q - Delivery Unit
12:19 / 25.04.2024