Surxondaryo viloyatida yöl va transport infratuzilmasini modernizatsiya qiliş rejalaştirilmoqda. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş masalalari yuzasidan ötkazilgan yiğilişda ma’lum qildi.

Ikki yil oldin Osiyo taraqqiyot banki bilan 183 mln dollar hisobidan Boysun va Denovni boğlovçi yölning 111 kilometr qismini sement-beton qoplamaga ötkaziş loyihasi boşlangani, bu yöl işga tuşsa, yuk hajmi 2 karra oşişi, taşiş vaqti 3 soatdan 1,5 soatga qisqarişi ma’lum qilingan.

Prezident Özbekistonni Afğoniston va Tojikiston bilan boğlaydigan 178 kilometrli magistral yöl qariyb 30 yildan beri kapital ta’mirlanmaganini ta’kidladi. Mutasaddilarga quriliş işlarini uç oy içida boşlaş böyiça topşiriq berildi.

Yiğilişda temiryöl qatnoviga ham alohida e’tibor qaratildi. Hozirda Toşkent – Termiz yönalişidagi yölovçi poyezdi 14 soatdan köp vaqt yuradi. Koreyalik hamkorlar bilan zamonaviy tezyurar poyezdlarni yetkazib beriş böyiça kelişuvga erişilgan.

«Toşğuzor – Boysun – Qumqörğon» uçastkasini tezyurar poyezdga moslaş böyiça loyihani şu yil boşlaş, 103 kilometr bölgan «Qumqörğon – Quduqli» temiryölini elektrlaştiriş işlariga kirişiş topşirildi.

Bundan taşqari, Termiz – Istanbul, Termiz – Dubay yönalişlarida yangi reyslar qöyilişi belgilandi.

Davlat rahbarining sözlariga köra, Şörçi, Denov, Sariosiyo, Şerobod va Boysundan kuniga 100 ming odam viloyat markaziga yengil maşinada kelib-ketyapti. Surxondaryoga olib kelinayotgan 125 ta avtobusni birinçi navbatda uşbu yönalişlarga qöyiş topşirildi.

Yil oxirigaça Muzrabotdagi 56 ming aholiga ilk bor markazlaşgan içimlik suvi yetkazib beriş loyihasi yakuniga yetkaziladi. Muzrabot, Oltinsoy, Angor, Qiziriq va Boysun markazlariga kanalizatsiya olib boriş loyihasi boşlanadi.