Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
EKIHning 100 baravarigacha bo‘lgan mulkni nobud qilganlik uchun qanday jazo beriladi?
Foto: Fotolia
3.01.2018 yildagi «Ayrim davlat organlari faoliyati takomillashtirilishi, shuningdek fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini ta'minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun e'lon qilindi, deb yozmoqda Norma.uz.
Tarixidan oldingi davri: Jinoyat kodeksida (JK) 1994 yildan boshlab 173-modda mavjud va u mulkni qasddan nobud qilganlik yoki unga zarar yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlikni ko‘zda tutadi. Biroq unda bir to‘sqinlik mavjud – zarar ancha miqdorda bo‘lmaguncha, ya'ni EKIHning 100 baravarigacha yetmaguncha (maqola e'lon qilingan paytda – 17 mln. 224 ming so‘m yoki 2 ming 120 AQSh dollari) jinoiy javobgarlik yuzaga kelmaydi.
Bugungi kunga qadar Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda (MJtK) kamroq summadagi mulkni qasddan nobud qilganlik yoki unga zarar yetkazganlik uchun aniq modda bo‘lmagan edi. Shu sababli aksariyat hollarda bunday harakatlarni mayda bezorilik (MJtKning 183-moddasi, EKIHning 5 baravarigacha jarima, 15 sutkagacha muddatga qamoq) yoki o‘zboshimchalik (MJtKning 200-moddasi, EKIHning 3 baravarigacha jarima) sifatida malakalashga to‘g‘ri kelar edi.
Endi MJtKda mulkni qasddan nobud qilganlik yoki unga zarar yetkazganlik uchun alohida modda mavjud (MJtKning 61-2-moddasi).
Zarar mayda, ya'ni EKIHning 30 baravarigacha bo‘lsa (maqola e'lon qilingan paytda – 5 167 200 so‘m), EKIHning 5 baravarigacha jarima solinadi (maqola e'lon qilingan paytda – 861 200 so‘m).
Agar ko‘p bo‘lmagan zarar bo‘lsa, ya'ni EKIHning 30 dan 100 baravarigacha bo‘lsa (maqola e'lon qilingan paytda – 5 167 200 dan 17 224 000 so‘mgacha), ushbu harakatlar nafaqat EKIHning 10 baravarigacha katta jarima solishga (maqola e'lon qilingan paytda – 1 722 400 so‘m), balki 15 sutkagacha muddatga qamoqqa ham sabab bo‘ladi.
Ustav fondida davlat ulushiga ega bo‘lmagan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar mol-mulkini qasddan nobud qilganlik yoki unga zarar yetkazganlik faqat ularning rahbarlari, mulkdorlari yoki vakolatli boshqaruv organlarining arizasiga ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘ladi.
MJtKning 62-2-moddasi bo‘yicha ma'muriy javobgarlikni sud qo‘llaydi. Shu bois moddiy zararni yakuniy baholash – u tomonidan amalga oshiriladi. Biroq amaliyotda JK 173-moddasi bo‘yicha jinoiy javobgarlikka “chegaradosh” bo‘lgan vaziyatlarda, tergovga qadar tekshiruv o‘tkaziladi. Tergovga qadar tekshiruv chog‘ida uni o‘tkazayotgan shaxs zararning miqdori jinoiy javobgarlikka tortish uchun yetarli yoki yetarli emasligini aniqlaydi.
Mavzuga oid
19:12
Ariq va irrigatsiya tizimlarini ko‘mib tashlaganlar jarimaga tortiladi
23:08 / 04.04.2026
Hayvonlarni shafqatsiz munosabatdan himoya qilish bo‘yicha alohida qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda
15:56 / 25.03.2026
Qirg‘izistonda yo‘lda janjallashganlardan haydovchilik guvohnomasi olib qo‘yilishi mumkin
12:21 / 18.03.2026