Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boquvchisini yo‘qotgan ayollar xususiy bog‘chaga boradigan bolasi uchun subsidiyani qanday oladi?
1 apreldan boshlab boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlarning 3 yoshgacha farzandlari uchun nodavlat bog‘chalarga budjetdan subsidiyalar ajratiladi. Bu toifadagi ayollar qanday qilib imtiyozdan foydalanishi mumkinligi haqida ma’lumot berildi.
Maktabgacha ta’lim vazirligi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlarning nodavlat bog‘chalarga boradigan bolalari uchun subsidiyalar qanday tartibda ajratilishi haqida ma’lumot berildi.
“Bundan oldin ham turli toifadagi ayollarga bolalarining to‘lovi uchun subsidiyalar ajratilgan. Boquvchisini yo‘qotgan ayollarga ham boshqalarga qanday tartibda subsidiya ajratilgan bo‘lsa, shunday tartibda ajratiladi.
Aynan qancha ayolga subsidiya berilishi aniq belgilanmaydi. Tegishli toifadagi ayollar holatini tasdiqlovchi hujjatini taqdim etganda tadbirkorga subsidiya davlat tomonidan to‘lab berilaveradi. Bu borada cheklov yo‘q”, dedi vazirlik boshqarma boshlig‘i Abduhakim G‘ulomov.
Maktabgacha ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i Zafar Usanovning ma’lumot berishicha, vazirlikda ota-onalar to‘lovidan ozod etiladiganlar ro‘yxati mavjud. 1 apreldan bu ro‘yxatga boquvchisini yo‘qotgan ayollar ham kiritiladi.
“Shundan so‘ng nodavlat bog‘chalarga boquvchisini yo‘qotgan ayollarning bolalari uchun subsidiyalar ajratiladi, davlat bog‘chalariga esa ular uchun budjetdan ko‘proq pul ajratiladi. Lekin hozircha aynan qancha ayolning bolalari uchun subsidiya berilishi aniq emas”, dedi Zafar Usanov.
Qayd etilishicha, 1 apreldan Sirdaryo viloyatida sinov tariqasida subsidiyalar berish raqamlashtiriladi. Bunda tadbirkor yoki ota-ona hamma hujjatlarni elektron tarzda topshiradi va hujjatlarni qabul qiladigan platforma boshqa tashkilotlarning bazasi bilan integratsiya qilingan bo‘ladi. Agar murojaatchi yagona reyestrda turgan bo‘lsa, u avtomatik tarzda imtiyozdan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi. Iyul oyidan boshlab bu tizim butun respublika bo‘yicha ishlay boshlashi kutilyapti.
Mavzuga oid
12:25 / 11.02.2026
O‘qituvchilarga milliy sertifikat olish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratiladi
09:30 / 04.02.2026
Limonzor barpo etganlar subsidiya oladi
09:18 / 30.01.2026
1 fevraldan ayrim yoshlarga haydovchilik o‘quv kursi uchun subsidiya beriladi
18:18 / 28.01.2026