Subsidiya mablağlari limonzor barpo etiş işlari töliq yakunlangandan söng ajratiladi. 

Buning uçun tuman işçi komissiyasi tomonidan limonzorlarni foydalanişga qabul qiliş böyiça dalolatnoma rasmiylaştirilib, tasdiqlangan hujjatlar Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Boğdorçilik va issiqxona xöjaligini rivojlantiriş agentligiga taqdim etiladi. 

Hujjatlar taqdim etilganidan keyin subsidiya 1 oy muddatda ajratilişi belgilangan.

Ma’lumot uçun: huquqiy asos va tartib-taomillar Lex.uz bazasidagi me’yoriy hujjatda keltirilgan.