Prezident qarori asosida 2026 yil 1 iyuldan 2028 yil 1 yanvarga qadar Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kasbiy ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan subsidiyalar amaliyotga kiritiladi.

Qarorga ko‘ra, o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalariga xalqaro miqyosda tan olingan kasbiy ta’limga oid sertifikatlar, shuningdek, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tasdiqlaydigan ro‘yxat asosida milliy sertifikatlarni olish uchun sarflangan mablag‘larning 50 foizi qoplab beriladi.

Qoplanadigan miqdor BHMning 20 baravaridan oshmasligi belgilangan.