Jahon | 23:15 / 12.09.2018
25540
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponchada “gapiradigan” it internet ahlini lol qoldirdi

Foto: twitter.com / beni_shiba ‏

Twitter ijtimoiy tarmog‘ida o‘z itini gapirishga o‘rgatayotgan qiz videosi joylashtirildi. 

Videoda siba-inu zotidagi Beni laqabli itning egasi unga ikkita yaponcha so‘z: taberu (“ovqat yeyish”) va hanbagu (“gamburger”) so‘zlarini aytishga o‘rgatayotgani tasvirlangan. Ba'zida Beni dangasalik qilib shunchaki akillayotganini, biroq ora-orada yuqoridagi so‘zlarni ancha aniq takrorlayotganini eshitish mumkin. Video so‘ngida Benining egasi uni “so‘zamolligi” uchun yegulik bilan taqdirlaydi.

Foydalanuvchilar aqlli itning bu qobiliyatidan hayrat bildirishgan. Ko‘p jurnalistlar videoga izohlarida itdan intervyu olish uchun uning egasidan ular bilan bog‘lanishni so‘rashgan. Boshqalar esa o‘z uy hayvonlarini gapirishga o‘rgatishni boshlashganini ma'lum qilishgan.   

Mavzuga oid