Rover X1 sun’iy intellekt asosida ishlaydi. U egasining ortidan yuradi, yuk ko‘taradi, hududni patrul qiladi va uyda ham, tabiatda ham yordamchi bo‘la oladi. Uydagi xavfsizlikni nazorat qilishdan tortib, sayrdagi sodiq hamroh bo‘lishgacha — barchasi uning qo‘lidan keladi.
Rover X1 “ko‘rish” uchun kameralar tizimidan foydalanadi. U atrofni tahlil qiladi, surat va video oladi. Robotning tanasi-platformasi yuk ko‘tarishga moslangan, ammo aniq yuk sig‘imi hozircha oshkor etilmagan.
Rover X1ning narxi ¥7499 (~$1030) etib belgilangan — bu deyarli iPhone 15 Pro narxiga teng. Aniq texnik tavsiflar va sotuv sanasi hozircha ma’lum emas, biroq kompaniya uni tez orada bozorga chiqarishi kutilmoqda.









