Bugun, 3 mart kuni, Qoraqamish mavzesining 2/4-kvartalida yashovchi 1966 yilda tug‘ilgan L.U. hayotdan ko‘z yumgan.

Ma’lum qilinishicha, o‘lim sababi — o‘tkir yurak-qon tomir yetishmovchiligi.

Tarqalayotgan mish-mishlarning aksiga o‘laroq, hech qanday itlar hujumi sodir bo‘lmagan, deyiladi xabarda.

"Shahar aholisini vahimaga tushmaslikka va noto‘g‘ri ma’lumotlarni tarqatmaslikka chaqiramiz. Faqat rasmiy manbalarga ishoning", deya ma’lumot berdi hokimlik