IIV Akademiyasiga kirish imtihonlari qanday tashkil etildi?
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlarni bilimli, salohiyatli va o‘z tanlagan kasbining egasi bo‘lishi uchun katta e'tibor qaratilmoqda. Shuning uchun, O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlarini adolatli tarzda o‘tkazish maqsadida respublikamiz vazirlik va idoralari oldiga qator vazifalar qo‘yilmoqda. Aminmanki, yaratilayotgan imkoniyatlar mamlakatimiz yoshlarining o‘z intilish va salohiyatlari, orzu-havaslarini ro‘yobga chiqarishda muhim turtki bo‘ladi.
2018 yilidan boshlab qabul jarayoniga yangicha yondashuvlar keng jalb qilina boshlanganini, ayrim o‘quv dargohlariga, shu jumladan Ichki ishlar vazirligi Akademiyasiga o‘qishga kirish test sinovlarisiz amalga oshirilishini televizorda eshitib xursand bo‘ldik. Keyinchalik, Akademiyaga nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibini targ‘ibot-tashviqot etish bo‘yicha o‘tkazilgan uchrashuvlar haqidagi maxsus ko‘rsatuvlarni ko‘rib bordik.
Bu yilgi tanlov jarayonlari haqida batafsil ma'lumotga ega bo‘lgach, respublikamizning turli viloyatlaridan kelgan yoshlar qatorida o‘g‘lim Faxriddin ham Ichki ishlar vazirligi Akademiyasiga o‘qishga hujjat topshirdi. Barcha qabul bosqichlari shaffof tarzda tashkil qilinganligini ko‘rib, xursand bo‘ldim. Hamma jarayonlar videotasmaga olindi, xolis kuzatuvchilar har bir bosqichda qatnashishdi. Imtihon paytida ota-onalar uchun maxsus kutish joylari, salqin ichimliklar rastalari tashkil qilingani hozirgi issiq kunlarda ayni muddao bo‘ldi.
O‘g‘limning bu oliy dargohda o‘qishini orzu qilaman. Ishonamanki, ushbu Akademiyada kerakli bilim va ko‘nikmalarni egallagan yoshlarimiz kelajakda halol mehnat qilib, Vatanimizning munosib xizmatchilariga aylanishadi.
Farmonova Zulayho,
Navoiy viloyati, Xatirchi tumani
Mavzuga oid
17:19 / 16.07.2024
IIV Akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 22 ming dollar olgan shaxs ushlandi
13:15 / 26.09.2023
Kollej, texnikumlarga OTM kirish imtihonlarida to‘plagan ball bilan qabul qilinish mumkin. Muammo nimada?
11:46 / 31.07.2022
Ijodiy imtihonlar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda nazorat qilinadi
11:29 / 11.08.2021