Yangi Özbekiston universitetiga qabul jarayoni va imtihon tartibi haqida universitetni taşkil etiş departamenti boşliği Samariddin Şamsiyev ma'lumot berdi.
Uning ta'kidlaşiça, 2021/2022 öquv yilida Yangi özbekiston universitetiga muhandislik fakulteti oçiladi va hozirda 3ta yönaliş: kimyo muhandisligi, mexanika muhandisligi hamda dasturiy ta'minot muhandisligi yönalişlarida qabul jarayonlari boşlandi. Qabul 15 avgustgaça davom etadi. Kiriş imtihonlari Cambridge universiteti tomonidan sentyabr oyining boşida ötkaziladi. Cambridge universiteti natijalarni e'lon qilgandan keyin Yangi Özbekiston universitetiga öqiş oktyabr oyida boşlanadi.
“Har bir yönaliş uçun 100tadan kvota, jami 300 nafar talaba qabul qilinadi. Kimyo muhandisligi yönalişiga topşirgan abituriyentlar uçun kimyo va matematika fanlaridan, mexanika va dasturiy ta'minot muhandisligiga topşirgan abituriyentlar uçun matematika va fizika fanlaridan kiriş imtihonlari böladi. Har bir fandan 40tadan, jami 80ta test böladi. Testlar uçun 1,5 soat ajratiladi. Baholaş tizimi matematikada har bir töğri javob uçun 1 yoki 2 ball (savolning qiyinlik darajasiga qarab) beriladi, fizika va kimyodan esa 1,25 ball beriladi”, deya Samariddin Şamsiyevning sözlarini keltirgan Kun.uz muxbiri.
Matbuot anjumanida Yangi Özbekiston universiteti xalqaro ta'lim standartlari böyiça 2028 yilgaça 3ta xalqaro akkreditatsiyani qölga kiritişi va universitet 2030 yilgaça dunyoning eng yaxşi 1000ta universiteti qatorida bölişi reja qilingani ma'lum qilingan.
“Universitetni taşkil qilişdan maqsad – muhandislik yönalişida malakali kadrlarni özimizda yetiştirib, sanoat inqilobini yaratiş. Universitet öquv dasturi Massaçusets Institute of Technology va Technical Munich University universitetlari yordamida şakllantirilyapti. Prezident ta'lim muassasalari agentligi va TUM International GmbH taşkiloti örtasida imzolangan hamkorlik şartnomasiga köra, Technical Munich University’da 24 yil davomida rektorlik qilgan Volfgang Herrmann Yangi Özbekiston universitetining faxriy rektori böladi”, dedi Samariddin Şamsiyev.
Departament boşliği bu universitet bitiruvçilari keyinçalik qayerda işlaşi masalasiga ham töxtaldi. Unga köra, Yangi Özbekiston universiteti bitiruvçilari yangi iş örinlarini, özlarining startaplari orqali yangi sanoat sohalarini yaratişadi.
“Bizning hamkorlarimiz Massaçusets Institute of Technology va Technical Munich University universitetlari binosida 200dan ortiq eng nufuzli kompaniyalarning ofislari joylaşgan. Bu degani şu kompaniyalar universitetda yaratilgan yangi texnologiyalarni özining işlab çiqarişiga joriy qilmoqda. Yangi Özbekiston universitetining öziga xos tomoni ham Özbekistondagi eng yaxşi sanoat korxonalari ofislarini universitet binosida taşkil etiş va universitetda yaratilgan yangilik va innovatsiyalarni tijoriylaştiriş hisoblanadi”, dedi u.













