Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kollej, texnikumlarga OTM kirish imtihonlarida to‘plagan ball bilan qabul qilinish mumkin. Muammo nimada?
Professional ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan abituriyentlarning ayrimlariga kirish imtihonida qatnashish huquqi berilmadi. Sababi ular hujjat topshirishda OTMga kirish imtihonida to‘plagan balli bilan kollej, texnikumlarning tanlovida qatnashishni tanlagan. Biroq ular qayta imtihon topshirmaslik haqida ogohlantirilmaganini aytmoqda.

Foto: Kun.uz
Bugun, 26 sentabrdan professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum)ga kirish test sinovlari boshlandi. Imtihon 29 sentabrgacha davom etadi.
Kollej va texnikum imtihonlarini ham Bilim va malakalarni baholash agentligi o‘tkazadi. Imtihon xuddi bakalavriatga kirish sinovlariga o‘xshash tarzda 5 ta fandan o‘tkaziladi. Baholash tizimi ham bir xil: maksimal ball – 189.
Test sinovi kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi)dan o‘tkaziladi.
Kun.uz tahririyatiga professional ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan abituriyentdan murojaat kelib tushdi. Unda aytilishicha, murojaatchi professional ta’lim muassasiga hujjat topshirayotgan paytida “OTMga kirish imtihonida to‘plagan ballingizdan foydalanasizmi?” degan savol bo‘lgan. Va bu savolga faqat “Ha” yoki “Yo‘q” deb javob berish imkoni bo‘lgan. Abituriyent “Ha” javobini tanlagan, imtihonlar sanasi aniq bo‘lib shaxsiy kabinetidan ruxsatnomasini yuklab olmoqchi bo‘lganda unga “Siz OTMning kirish imtihonida to‘plagan ballingiz bilan professional ta’lim muassasalariga tanlovda qatnashishni tanlagansiz. Shuning uchun imtihonda qatnashmaysiz”, degan mazmundagi yozuv chiqqan va ruxsatnoma chiqmagan.
Murojaatchiga ko‘ra, agar abituriyent oldingi imtihonda to‘plagan balli bilan tanlovda qatnashishni tanlasa, u kollej/texnikumlar imtihonida qatnashmasligi haqida ogohlantirilishi kerak edi. Murojaatchi “Ha”ni tanlagan payti ogohlantirilmagani uchun kollej/texnikumlarning imtihonida ham qatnashaman deb o‘ylagan.
Kun.uz bu savol bilan Bilimlarni baholash agentligiga murojaat qildi. Agentlikdan izoh berilishicha, imtihon tizimi va baholash mezonlari ham bir xil bo‘lgani uchun abituriyentlarga OTMning kirish imtihonida to‘plagan balli bilan kollej,texnikumlarning kirish imtihonida ham qatnashishlariga ruxsat beriladi. Kollej, texnikumlarga imtihon sentabrda o‘tkazilayotgan bo‘lsa, bakalavriat imtihonlari avgust oyida o‘tkazilgandi.
Bu tartib qonunchilikda ham belgilab qo‘yilgan. Hukumat qaroriga ko‘ra, texnikumlarga joriy yilda OTMning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun test sinovlarida ishtirok etib, tegishli ball to‘plagan abituriyentlarga texnikumlardagi kasblar va mutaxassisliklarning test fanlari majmuasi hamda ketma-ketligi mos kelganda to‘plagan balli bilan tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi.
Ballidan foydalanishni tanlagan abituriyentlar qayta imtihon topshirib o‘tirmasligi bo‘yicha tartib o‘tgan yilgi kirish imtihonlarida ham ishlagan.
Ya’ni abituriyentdan OTM kirish imtihonida to‘plagan ballidan foydalanish so‘ralganda tasdiq javobi berilsa, bu uning avtomatik tarzda qayta imtihon topshirib o‘tirishi shartmasligini anglatadi.
Lekin Bilim va malakalarni baholash agentligi keyingi yil imtihonlarida abituriyentlar chalkashmasligi uchun ro‘yxatdan o‘tish jarayonida balldan foydalanishni tanlaganlarni qayta imtihon topshirmaslik haqida ogohlantirib qo‘ysa, tushunmovchiliklarning oldi olinadi.
Ma’lumot uchun: bu yil respublika bo‘yicha jami 327 ta kollej va texnikumga 175 853 nafar abituriyent hujjat topshirgan. Va 8 mingdan ziyod abituriyent OTMga kirish test sinovida to‘plagan ballidan professional ta’lim muassasalariga kirishda foydalanish istagini bildirgan.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabariga ko‘ra, kollej, texnikumlarga kirish test sinovlarining yakuniy javoblari 3 oktyabrda e’lon qilinishi reja qilingan.
Tavsiya etamiz
Transafg‘on temiryo‘li – amalga oshirish imkonli ishmi?
Iqtisodiyot | 12:11 / 18.08.2025
Alyaskadagi besamar uchrashuv, Turkiya Suriyaga qurol beradi – hafta dayjesti
Jahon | 20:52 / 17.08.2025
O‘zbekistonda Starlink interneti 2026 yilda ishga tushishi kutilmoqda
Fan-texnika | 20:07 / 17.08.2025
Putinning talablari va takliflari haqida hozirgacha nimalar ma’lum?
Jahon | 16:00 / 17.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy va Hindiston xavfsizlik yo‘nalishidagi hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldi
Jahon | 01:22
-
“Putin yaqin ikki hafta ichida Zelenskiy bilan shaxsan uchrashishga va’da berdi” – Oq uy
Jahon | 01:11
-
Noqonuniy baliq ovlash natijasida tabiatga 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazgan brakonerlar qo‘lga olindi
O‘zbekiston | 00:33
-
Tramp: Putin o‘zini yaxshi tutishiga umid qilaman, aks holda vaziyat og‘irlashadi
Jahon | 00:03
Mavzuga oid

21:27 / 19.08.2025
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha birinchi kun natijalari e’lon qilindi

13:58 / 18.08.2025
Yangi o‘quv yilida to‘lov-kontrakt miqdori oshmasligi kutilmoqda

20:42 / 16.08.2025
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxi 15 foizga oshirildi

15:56 / 16.08.2025