Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nukusda 55 metrlik ustunlarda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston bayroqlari o‘rnatildi
18 avgust kuni Qoraqalpog‘iston poytaxti Nukusda balandligi 55 metr keladigan, yonma-yon joylashgan flagshtoklarda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston davlat bayroqlari hilpiray boshladi.
Bayroqlar o‘lchami 12 metrga 24 metrni tashkil qiladi. Bayroqlar I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san'at muzeyi va shoir Ajiniyoz haykali oldida o‘rnatilgan.
Bundan avvalroq muzey oldida "I love Nukus" yozuvi paydo bo‘lgandi.
Iyul oyida Toshkentdagi Xalqlar do‘stligi maydonida 65 metrlik ustunda o‘lchami 10 metrga 20 metrlik O‘zbekiston bayrog‘i o‘rnatilgandi.
Mavzuga oid
20:22 / 07.12.2025
Nukus va Samarqand YuNESKOning Global ta’lim shaharlari tarmog‘iga qo‘shildi
22:13 / 26.11.2025
Saida Mirziyoyeva Nukusdagi Sport gimnastikasi maktabiga tashrif buyurdi
13:33 / 07.10.2025
Saida Mirziyoyeva Nukusdagi mahallada suv tozalash inshootini borib ko‘rdi
16:37 / 03.10.2025